6-QiSM Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (6-qism) Ishxonadagi ishlarni tugatib, uyga qaytdim. Kiyimlarimni almashtirib, to'g'ri aytgan manzili tomon bordim. Internet-club oldida, bir qora lesetti, chirog'ini o'chirib- yoqib, ishora qildi ... Mashinaga qarab yaqinlasha boshladim. Aytganiday bir o'zi kelibdi, desam ........ Orqada Jafar, yonida bittasi o'tiribdi, mashina oldinida yana ikkitasi ... Meni atayin chalg'itdi. Bir o'zim kelishimni xohlagan ekan. Mashinaga yaqin bordim. Qop-qora ko'zoynak, qo'lida sigareta bilan, mashinadan Jafar tushdi. Tovba, narkamanmi deyman-bu ... Qolgan uchtasi mashinada qoldi ... -Ha iflos, kepsanda ?! ... -Men iflos bo'ldimmi hali ? O'zing kimsan unda ? Qayoqdagi bir Ablaxsan ! -O', kim bilan o'yin qilayotganingni bilasanmi ? -O'yinni sen qilyapsan ! So'zingda turmading ! -Qanaqa so'z ?!! -Bir o'zim kelaman deganding, erkakmisan ? -Mashinadagilarni aytiyapsanmi ? Ular meni do'stlarim. Qayerda bo'lsam, men bilan yurishadi. Ularni yo'q deb hisobla. Sizlar qolinglar deyolmadim. -Undan ko'ra, ularsiz yolg'iz yurishga qo'rqaman-de ! -O' iflos, sen bilan o'zim, gaplashaman ! Xo'sh, ketdikmi ? -Qayerga ? Gaping bo'lsa, gapir endi. Aytgan manzilinga keldim. -E yo'q, bunaqasi ketmaydi. Bu, seni topish manzilim edi. Gaplashib oladigan, bir zo'r joyni bilaman. Hozir men bilan ketasan. O'sha yerda bafurcha gaplashib olamiz. Bahonada yaqinroq tanishib olardik. Yoki men bilan ketishga qo'rqasanmi ? -Senga oldin ham aytganman, men faqatgina 2 narsadan qo'rqaman ! Sen bu qo'rquv oldida, nima ham bo'la olarding ! -Juda soz ! Unda mashinaga o'tir ! ... Mashinaga chiqdim. Rulda o'tirgan bola, mashinani shahar chetiga qarab hayday boshladi. Chamasi bir soatcha yo'l yurdik. Qanaqadir eski hovlimiyey bilmadim, o'sha yerga olib kelishdi. Chet joylar bo'lgani bois, atrofda hech bir jon ko'rinmasdi. Na mashinalar shovqini, na biron jonzot tovushi ... Xullas mashinadan tushgach, Jafar oldimga kelib, so'z boshladi. -Meni nega buyerga olib keldi deb, o'ylab turgandirsan. Gaplashishimizga birov halal bermasin dedim. Meni kimligimni bilasanmi ? -Seni kimliging bilan nima ishim bor ? Bo'ladigan gapingni gapir ! -Nima ishim bor deysanmi ? Meni it deganding-a ? Itdek yalinib, menga ishing tushadi hali ... Ismimni eshitgan odam, dir-dir titraydi. -Ablaxligingni ko'z-ko'z qilma menga ! Boyliklaringsiz, sen hechkimsan ! Anavi do'stlarim deb aytganing ham, seni puling uchun oldingda yuribdi. Xulosani o'zing chiqarasan ! -O' iflos, tilim bor deb, o'zingcha har narsani ham, gapiraveraman deb o'ylaysanmi ? Birinchi uchrashuvimizda seni tuppa-tuzuk inson bo'lsang kerak deb o'ylagandim. Sen esa, qip-qizil jinni ekaning-ku ! Kelib-kelib, olov bilan o'ynashasanmi ? O', menga qara, agar xohlasam, seni shunday o'ldirib yuboramanki, o'ligingni hechkim topa olmaydi. Izsiz bu dunyodan yo'qolasan ! -Meni balki o'ldirib, hechkim bilmas darajada yo'qotishing mumkin. Lekin buni kimdan bekitasan ? Oila a'zolarimdanmi ? Maftunadanmi ? Yoki militsiyadan ? Birovni jonini olish, senga emas yoki boshqa insonlarga emas, Allohgadir ! Meni balki o'ldirarsan. Bu dunyodan izsiz yo'qotib, Maftunimdan ham ayirarsan. Bu ishingni, bu yolg'onchi dunyoda hechkim bilmas. Lekin, Allohdan qilmishlaringni yashira olasanmi ?! Seningcha, odam o'ldirishingni hechkim ko'rmaydi va bilmaydimi ? Unutma, sen ham bu dunyoda mehmonsan ! Ertami- kechmi o'lasan ! Oldinda hali oxirat bor ! Ammo, o'shanda gunohlaringni Alloh kechirarmikan ? Men kim bilan o'ynashaman, bu meni ishim. Keyin, o'yin qilayotgan men emas, bu sensan ! Birovning muhabbatini nazar-pisand qilmay, ikki qalbni ayrilishini o'yin qilyapsan. -O'chir ovozingni !!! Aqilli gaplaringni o'zingdaqa jinnilaga aytasan ! Yana menga muhabbat deyapsanmi ? Tupurdim sevgilaringa ! Men senga aytgan edim, "Qayoqdagi bo'mag'ur sevgilaring bilan jahlimni chiqarma, agar Maftuna bilan seni ko'rsam, mendan yaxshilik kutma" deb. Xo'sh, aytganmidim ? Sen nima qilding ? O'z bilganingdan qolmay, bugun Maftuna bilan uchrashding. O'zingcha botirlik qilib, men bilan baravar gapirasan. Endi Jafarni qanaqaligini ko'rib qo'y, iflos !!! Bir payt orqamdan kimdir, og'ir jism bilan, qattiq urdi. Yerga xuddi, tosh kabi yiqildim. Yerga yiqilishim bilan, turli xil oyoqlar kelib, menga urila boshladi. Nomard Jafar, aytganidek qildi. Meni koptok singari, do'pposlay ketdi. Bunaqa vahshiyona do'pposlash, Jafar hamda uning hamtovoqlari uchun, hechgap emasdi. Nega ??? Axir ular ham inson-ku ! Ularda ozgina bo'lsada iymon bormi ? Qani insoniylik fazilati ? Qilayotgan ishlari, hayvonni ishi emasmi ? Og'riq kuchliligidan, hushimni yo'qotdim. Oradan qancha vaqt o'tdi bilmadim, hushimga kelganimda, atrofga qorog'u tushayotgandi. Kuchli og'riqdan, o'rnimdan ko'tarila olmadim. Atrofda esa, hech-bir jonzot ko'rinmasdi. Yerga emaklab, yura boshladim. Hammayog'im chang va qonga burkanib ketdi. Telefonimni olib, telefon qilmoqchi bo'ldim. Ammo telefonimni mayda-mayda bo'laklarga ajratib, cho'ntagimga solib qo'yishibdi. Inson degani, shunchalik ham pastkash bo'ladimi ? Ablax Jafar ... Qayerda ekanimni ham bilmasdim. "Ertalabgacha ulgurushim kerak, Maftunimni olib, buyerlardan ketishim kerak" degan hayollar bilan, yerda emaklay boshladim. Allohim, o'zing kuch-quvvat ber menga ! Chamasi 2 yoki 3 soat emaklab yuridim. Qayerga ketayotganimni bilmasdim. Yo'lga chiqib olsam bo'ldi edi. Allohga shukur, bir amallab, asvalt yo'lga chiqdim. Lekin, yo'ldan bironta ham mashina o'tmasdi. Yo'lning o'rtasiga kelib, to'xtadim. Og'riqlar tinmay azoblashidan, harakatim ham, asta- sekin so'na boshladi. Biron daqiqa kutdim, ammo hechqanaqa mashina o'tmadi. Ko'zlarim esa, yumulib borardi. O'shanda ko'zlarim yumilib, uyquga ketishni xohlamasdim. "Meni ertaga Maftunim kutadi, men borishim kerak, uxlama Otabek" deb, o'zimga qaytama-qayta takrorlayverdim. Biroq, foydasi bo'lmadi. Og'riq kuchliligidanmi bilmadim, yana hushimni yo'qotdim ... Oradan ancha vaqt o'tib, o'zimga keldim. Uyg'onganimda esa, men kasalhonada edim. Birdan qo'rqib o'rnimdan turishga harakat qildim. Ammo, o'rnimdan ko'tarila olmadim. Buni ko'rgan doktor, o'rnimdan turmasligimni ta'kidladi. Tong esa, allaqachon otib bo'lgan edi. -Doktor, men buyerga qanday kelib qoldim ? -Sizni erta tongda, bir yuk tashuvchi kishi olib keldi. O'zingizga kelganizdan xursandman. Umurtqa pog'onangiz, biroz shikastlangan. Shu uchun o'rningizdan ko'tarila olmayapsiz. Alloh shifo bersin. -Rahmat doktor. Lekin, iltimos menga javob bering. Bugun bir, eng yaqin insonim bilan uchrashishim kerak edi. U meni kutayotgandir. -Afsus-ki javob bera olmaymiz. Ruhsat berilganda ham, bu ahvolingizda siz, hali beri yura olmaysiz. Biron hafta davolanishizga to'g'ri keladi. -Biron hafta ??? Yo'q-yo'q, men buncha kuta olmayman. Eh Xudoyim ... Endi nima qildim. -Siqilmang. Tez orada tuzalib ketasiz. Ha aytgancha, ismingiz nima ? -Otabek. -Otabek deng. Kumushingiz kutyaptimi deyman ? Qanday qilib bu ahvolga tushib qoldingiz ? -Eh, so'ramang ... Doktor, bir iltimosim bor edi, agar malol kelmasa ... -Bemalol Otabek, so'rayvering. Qanday iltimos ? -Rahmat. Menga, qo'ng'iroq qilib olishim uchun, telefon bera olasizmi ? Uydagilarimga va meni kutayotgan insonimga xavotir olmasliklari uchun, ahvolim yaxshiligi haqida xabar berishim kerak. Iltimos doktor ?! ... -Xo'p. Aytganizdek qilaman. Faqat, hozir siz yoting. O'rnizdan qo'zg'almang. Agar tezroq tuzalay desangiz, o'rningizdan turishga harakat qilmang. Xo'p-mi ? -Xo'p doktor. Rahmat sizga. Eh, nimalar bo'lyapti o'zi. Qachon chiqarkinman endi buyerdan. Ablax Jafar, hali shoshmay tur. Nomard ! ( Oradan 1 soat o'tdi ) -Otabek, yaxshi o'tiribsizmi ? -Keling doktor. Allohga shukur, yaxshi. -Xursandman. Mana telefon. Bemalol uydagilarizga qo'ng'iroq qilishiz mumkin. -Minnatdorman doktor ... Telefonni olishim bilan, Mafunaga qo'ng'iroq qildim. Lekin, telefoni o'chirilgan ekan. Ming xavotirlar bilan, singlimga qo'ng'iroq qildim. -Alo, Shahnoz yaxshimasan ? -Voy akajon assalom, rahmat men yaxshiman. O'ziz yaxshimisiz ? Qayerdasiz ? Nega uyga kelmayapsiz ? Oyim, dadam, men sizdan qattiq xavotir olyapmiz. Tinchlikmi ? Telefoniz nega o'chirilgan ? Yaxshimisiz akajon ? Sizga nima qildi ? -To'hta singlim. Bitta-bitta savol ber. Men yaxshiman. Xavotir olmanglar. Oyim va Dadamga ham aytib qo'y. Bir qalin o'rtog'imni uyiga mehmonga keluvdim. Telefonim buzulib qoldi. Shunga xabar berolmadim. -Voy, Xudoga shukur-ey ! Akajon, qo'rqib ketdim, sizga biron gap bo'libdimi deb. -Qo'rqma singiljon. Allohga shukur, men soppa-sog'man. -Xo'p. Qachon kelasiz uyga ? -Bir 4 - 5 kunda boraman inshoolloh. Hammasi joyida. -Tushunarli akajon. Xudoga shukur ... -Singiljon, haligi bir nimani so'ramoqchi edim. -Eshitaman, so'rang ? ... -Maftuna senga qo'ng'iroq qilgani yo'qmi ? -Qo'ng'iroq qildi. Bugun ertalab qo'ng'iroq qilib, sizni so'ragandi. Men esa, sizni kechadan beri yo'qligizni aytdim. -Xo'sh ? ... Hozir nega telefoni o'chirilgan deyapti ? Maftuna bilan yana qachon gaplashganding ? -Yana, o'qishimiz tugagandan so'ng, gaplashgandik. U o'qishdan uyga ketdi. Men ham uyga keldim. Bir payt, uydagi telefonidan qo'ng'iroq qilib, sizni so'radi. Men hali ham kelmaganizni aytdim. Menga yig'lab gapirdi. -Shunaqa-de ... Eh Maftunim, meni kechir ... -Akajon, haligi ... -Nima gap yana singlim ? Iltimos mendan yashirma. -Maftuna ... -Maftuna ??? Nima bo'ldi Maftunimga ? Nima bo'ldi ? -Kecha uchrashganlarizni, Jafar ko'rganmidi ? -Nima ? Buni sen qayerdan bilasan ? -Maftuna aytdi ... -Maftuna aytdi ? Qanaqasiga singlim ? Qanaqasiga axir ? Maftuna ham buni, bilmas edi-ku ! -Haligi anavi Jafar ... -Jafar ??? Gapirsangchi singlim ?!! -Jafar sizlarni ko'rgan ekan. Shuni kelib, Maftunani otasiga aytibdi. Otasi Maftunaga jahl qilib, telefonini olib qo'yibdi ... -Nima ??? ... -Akajon, faqat tinchlaning. Bu, vaqtinchalikga bo'lsa kerak. Hammasi yana iziga tushadi. Alo ? ... Akajon ? ... Eshityapsizmi meni ? Alo ? Bu so'zlar, qalbimga tikan kabi sanchildi. Nimalar qilib qo'ydim ... Maftunim, meni kechir. Men va'damda tura olmadim. Ertalab kelaman degandim ... Ablax Jafar, hali bu qilmishing uchun javob berasan !!! (Davomi bor) 7-QiSm Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (7-qism) -Akajon, haligi ... -Nima gap yana singlim ? Iltimos mendan yashirma. -Maftuna ... -Maftuna ??? Nima bo'ldi Maftunimga ? Nima bo'ldi ? -Kecha uchrashganlarizni, Jafar ko'rganmidi ? -Nima ? Buni sen qayerdan bilasan ? -Maftuna aytdi ... -Maftuna aytdi ? Qanaqasiga singlim ? Qanaqasiga axir ? Maftuna ham buni, bilmas edi-ku ! -Haligi anavi Jafar ... -Jafar ??? Gapirsangchi singlim ?!! -Jafar sizlarni ko'rgan ekan. Shuni kelib, Maftunani otasiga aytibdi. Otasi Maftunaga jahl qilib, telefonini olib qo'yibdi ... -Nima ??? ... -Akajon, faqat tinchlaning. Bu, vaqtinchalikga bo'lsa kerak. Hammasi yana iziga tushadi. Alo ? ... Akajon ? ... Eshityapsizmi meni ? Alo ? Bu so'zlar, qalbimga tikan kabi sanchildi. Nimalar qilib qo'ydim ... Maftunim, meni kechir. Men va'damda tura olmadim. Ertalab kelaman degandim ... Ablax Jafar, hali bu qilmishing uchun javob berasan !!! Elyorga telefon qilib, qayerdaligimni aytdim. Elyor, tezda yetib keldi. Unga bo'lib o'tgan voqealarni gapirib berdim. O'rtog'im biroz qiziqqon. Tez jahl otiga minadi. Shu bois, tuzalishimni ham kutmay, o'zi borib Jafar bilan gaplashishini aytdi. Bu ish, ancha xavfli ekanini, biroz vaqt tuzalishimni kutishini ta'kidlab, arang tutib, turdim. -Elyor, yana bir marta Maftunga qo'ng'iroq qil, iltimos ... -Hozirgina qiluvdim-u, xo'p mayli ... Hali ham, o'chirilgan. Maftunani otasi, endi unga telefon bermasa kerak ... -Eh Xudoyim ... -Qo'ygin, siqilmagin o'rto. Hammasi yaxshi bo'ladi. Kasalhonadan chiqishing bilan, hammasini hal qilamiz. Anavi yaramas Jafar bilan ham, hisob-kitob qilamiz. O'zini kim deb o'ylayapti. Biza yerdan chiqgan qo'ziqorin emasmiz. -Yo'q Elyor, Jafar bilan hisob-kitob qilmaymiz. -Iye, bu nima deganing ? U yaramasni qilmishiga, indamay qarab turamizmi ? -Elyor, hozir u bilan qasdma-qasd borish emas, Maftunani olib, buyerdan ketish muhimroq. U nomard ham, hali jazosini oladi. Hozircha indamaymiz. -Lekin, o'rto ? ... -Elyor, ortiqcha e'tirozga o'rin yo'q. Hozir ko'ryapsan, vaziyat jiddiy. Jafar bilan, orani ochiq ham qildik deylik. Keyinchi ? Sen jahl bilan, hozirni o'ylayapsan. Men qanday qilib bo'lmasin, Maftunani olib, buyerdan ketishim kerak. -To'g'ri-yu lekin, Maftuna bilan buyerdan ketsang, Jafar seni tinch qo'yadi deb o'ylaysanmi ? -Elyor, buyog'idan xavotir olma. Men Maftunani olib, buyerdan ketsam bo'lgani. U bizni hechqachon topolmaydi. Hozir jahl bilan emas, aql bilan ish ko'rishimiz va Maftuna bilan gaplashish chorasini izlashimiz kerak. -Tushunarli Otabek. Avvalo tuzalishingni kutamiz. -Ha boshqa ilojimiz yo'q. Elyor, tag'in menga xo'p deb, jinnilik qilib yurma. Yana bir bor aytaman, jahl bilan emas, aql bilan ish ko'ramiz. -Tushundim Otabek. Aytganingdek qilaman. -Rahmat. Haligi, Elyor ... Yana bir marta Maftunaga qo'ng'iroq qil, balki telefonini olgandir. -Ob-bo, hozirgina qiluvdim-a. ( ORADAN 5 KUN O'TDI ) Sabrsizlik bilan, bir amallab 5 kunni o'tkazdim. Doktorlar ruhsat berishdi. Kasalhonadan chiqib, Elyor bilan uyga qaytdik. 1 hafta uyda bo'lmaganimga, uyimni, ota- onamni, singlimni juda ham sog'indim. Maftunimga bo'lgan sog'inchim esa, cheksiz edi. Uni naqadar sog'inganim, o'zimga va Allohga ayon ... -Akajon, nega bizga aytmay, birdan do'stizni uyiga ketib qoldiz ? -Uzr singiljon. O'zim ham, birdan shu qarorga kelgandim. Shunga aytolmadim. Singlim, Maftuna bilan, oxirgi marotaba qachon gaplashding ? -Maftuna bilan, shu kechqurun gaplashdim. Yarim kechada, uy telefonlaridan yashirincha qo'ng'iroq qildi. -Keyinchi ? Maftuna nima dedi ? -Sizni hol-ahvolizni so'radi. Do'stizni uyida ekanizni, telefoniz buzulganini aytdim. Biroz tinchlandi. Ammo, o'qishga ham kelmayapti ... -Tushunarli singlim. Maftuna bilan qanday gaplashsam bo'ladi ? -Bugun kechqurun yana qo'ng'iroq qilishi kerak. Ertaga kechqurun qo'ng'iroq qilaman degandi. Hali aniq emas. -Xo'p. Bo'lmasa singlim, sen telefoningni menga ber. Menda tursin. Qo'ng'iroq qilsa, o'zim gaplashaman. Maylimi ? -Mayli akajon, bemalol. -Rahmat singlim. Haliroq gaplashamiz unda. Men bora qolay. Qiladigan ba'zi ishlarim bor. Korxonaga ham, shunday o'tib kelaman. Mensiz dadam, biroz qiynalib qolgandirla. -Yaxshi bo'lardi akajon. Bora qoling. Omad tilayman. -Rahmat singlim. Mayli unda, men ketdim ... -Ehtiyot bo'lib keting. Yaxshi boring akajon. -Aha, bo'pti ... Uydan chiqib, ishga ketdim va korxonadagi ishlarni davom etdirdim. Biron soatlar o'tgandan so'ng, biroz aylangim kelib, istirohat bog'iga bordim. Xiyobondagi o'rindiqlarning birida o'tirib, Maftuna ikkimiz o'tkazgan baxtli kunlarni hayol sura boshladim. Naqadar baxtli edik ... Edik deyapmanmi ? Yo'q-yo'q, ilohim edik bo'lib qolmasin. Bizning baxtimiz abadiy bo'ladi inshoolloh ! Biz hozir ham baxtlimiz ! Sog'inchning, shirin dardlari ila baxtlimiz ! Bundan keyin ham baxtli bo'lamiz ! Hechkim mendan Maftunimni tortib ololmaydi ! Ablax Jafarni nomeri nechchi edi-ya ... Ha aytgancha, o'zimni simkartamda bo'lishi kerak. Cho'ntagimdan simkartamni olib, singlimni telefoniga o'rnatdim. Xayriyat "Ablax" deb, nomerlar orasiga saqlab qo'ygan ekanman. U bilan gaplashmoqchi bo'lib, qo'ng'iroq qildim ... -Da, eshitaman ?! Alo ?! Alo ??! Gapir-ey ! Alo ?! -Ablax ! ... -Iye, kimni ovozini eshityapman ? Iflos-boy, qalesiz ? -Ablax, hali qilmishlaringa javob berasan ! -Voy-vo', qo'rqib ketdim-u. -Ablax, nomardlik qilib, meni do'pposlaganing yetmaganday, yana xotinlarga o'hshab, Maftunani otasiga, gap yetkazdingmi ? Qanaqangi surbet odamsan ? -O' iflos, o'zingcha valdirab, nimalar deyapsan ? Sog' qolganinga shukur qilsang bo'lardi. O'shanda seni o'ldirib yuborsam ham bo'lardi. Lekin, unday qilmadim. Menga rahmat-de ! -Nima ? Senga rahmat emas, ming lanat deyman, ablax ! Nomardlarni ishini qilib, tag'in rahmat so'raysan. Vijdonsiz surbet ! -O' iflos, yana jahlimni chiqaryapsanmi ? Sen bolani aqling kirmapti chog'i. Senga ogohlantirish berdim. Agar, Maftunaga yaqinlashganingni, yana bir bor ko'rsam, bu safar ayab o'tirmayman ! Bu dunyodan izsiz yo'qotib yuboraman ! Senga shu kerakmi ? -Qanaqangi pastkash insonsan ? Sendagi yurak-yurakmi o'zi ? yoki tosh ? Qo'lingdan kelganini qil ! O'lsam ham, Maftunadan kechmayman ! -Yaxshi, o'zing bilasan ! Men ogohlantirdim. Yo'linga ehtiyot bo'l unda, iflos. Vuhahahahaha ! -Kul, kulaver ablax ! Hozircha kulaver, hali qon yig'laysan ! Telefonni o'chirdim va ishga qaytdim. Ishda ham, hayolim faqat Maftunada. Uni, buyerlardan olib ketish haqida o'ylay boshladim. Endi Otasi ham, uchrashganimizni biladi. Ortga yo'l yo'q ! Nima bo'lgan taqdirda ham, Maftunim uchun, oxirigacha kurashaman ! Eh, nega Muhabbatning sinovlari, bu qadar og'ir ? Kimlargadir muhabbat armon, kimlargadir bu baxt, yana kimlargadir muhabbat, hechnarsa ! Muhabbatsiz oila, oila emas ! Oilada sevgi bo'lmasa, "Er-xotin" degan nomi bo'ladi xolos. Sevgi - oilaga chin mehrni bera oladi ! Vaqt ham, suvdek o'tib borardi. Kech tushgani sayin, korxonadagi ishlarni tamomlab, uyga qaytdim. -Ha qaysar singiljon, yaxshi o'tiribsizmi ? -Voy akajon, keldizmi ? Xush kelibsiz. Yaxshi keldizmi ? -Allohga shukur, yaxshi singlim. Ovqat tayyormi ? Bir hafta uyda bo'lmaganimga, sen pishirgan ovqatlarni sog'indim. -Oh-ho, rahmat. Ovqat tayyor akajon. -Juda ham yaxshi. Ha aytgancha, ovqating kuygani yo'qmi ishqilib ? -Voo-oy, mazax qilmang. Atayin qilganim yo'g'-u o'shanda. -Hazillashdim singlim. Bugun nima ovqat ? -Bugunmi ? Bugun Manti qildim. -Manti degin ... -Akajon, nega o'ylanib qoldiz ? Yoqmadimi gapim ? -Yo'q-yo'q singlim, unday emas. Menga e'tibor berma. Manti deganinga, bir nima esimga tushib ketdi ... (ESLAB: Bugun manti qilyapmiz. Shunga vaqtliroq borib, tayorgarlik ko'rishim kerak. -Ha, Manti degin. -Hmm, kechqurun keling. O'zim tayorlayman. Qanaqa chiqganiga baho berardiz. -Ko'nglim uchun aytganingdan, juda ham xursandman Maftun. Nasib qilsa oila qursak, bir qo'lbola manti qilib berasan. Kelishdikmi ? -Kelishdik. Aytganiz kelsin ilohim) -Akajon ? A-u ? Akajon ?! -A ? Haa-aa ... Uzr singlim. -Sizga nima bo'ldi ? Birdan hayolparishon bo'lib qoldiz ? Nimadir esingizga tushib ketdimi ? -A ? ... Yo'q, shunchaki o'zim. Uzr. -Hechqisi yo'q akajon ... Xonamga kirib, biroz o'zimga kelishim uchun, yolg'iz qoldim. Maftunimni juda ham sog'inganimni, qalbim ila his etardim. Qaniydi, bir bor ovozini eshitsam ... Rasmiga tikilgancha, ko'zlarimga yosh keldi. Men yig'layapman-mi ? Yigit kishi ham, yig'laydimi ? O'z-o'zimdan uyalib ketdim ... Sog'inch azobi buncha ham dardli bo'lmasa-a ... -Akajon, keling ovqatni suzdim ... -Hozir singlim, hozir ... Ovqatga chiqdim. Ovqatlanib bo'lganimdan so'ng, yana xonamga yolg'iz qolishni ma'qul ko'rdim. Kech bo'lavergani sayin, yuragim urushi, tobora tezlashardi. Maftunim qo'ng'iroq qiladi deya, kuta boshladim. Soat 00:30 ... Ammo hali ham, Maftunadan darak yo'q. Kutib- kutib, ko'zim ilinib qolibdi. Telefonning musiqasidan, birdan uyg'onib ketdim. Qarasam, telefon bo'lyapti. Soat 1 lar chamasi edi. -Alo ?! ... -Alo, Shahnoz qalesiz ? -Maftunim, bu men, Otabekman. -Otabek aka ??? -Ha beg'uborim, bu menman. O'zimni maftunim, Yaxshimisan ? -Ota-bek aka ... (Yig'lab yubordi) -Maftunim, meni kechir. Bilaman, mendan xafasan. Seni bu azoblarga qo'yganim uchun kechir. -Otabek aka, nega shuncha vaqt ko'rinmadiz ? Sizga nima bo'ldi ? -Menga hechnarsa bo'lgani yo'q beg'uborim. Meni kechir. Bir o'rtog'imnikiga mehmonga ketuvdim. Telefonim ham buzulib qolgandi. Xabar berolmadim. Ahvoling yaxshimi ? -Men yaxshiman ... -Nega past ovozda gapiryapsan Maftunim ? -Uy telefondan yashirincha qilyapman. Telefonim, endi yo'q ... -Eshitdim beg'uborim. Mayli siqilmagin. Xudo xohlasa, hammasi joyida bo'ladi. So'z beraman. -Otabek aka ... -Labbay Maftunim ? -Meni ... -Xo'sh ? -Meni Jafarga, turmushga berishmoqchi. (Yig'lab) -Nima ??? Qachon ??? -Bilmadim. O'qishga ham, bormaysan deyishiyapti. Dadam, to'yingni qilamiz deyaptila ... Men, Jafarga tegolmayman. Axir, qalbim sizda bo'lsa, unga qanday turmushga chiqaman ? Nega sevganimga emas, va'da qilingan insonga tegishim kerak ? Menda ham yurak bor. U Jafar bilan, men baxtli bo'lolmayman. Eh, nega dadam shuni tushunmaydila ? Axir oila qurish, o'yinchoq emas-ku ! -Bo'ldi Maftunim, ko'p ham siqilma. Bir ilojini toparmiz. -Otabek aka, meni buyerlardan olib keting, iltimos ! Bu azoblarga, ortiq bardosh bera olmayman. Bu hayotga nima uchun keldim o'zi ? O'z baxtimni, armon sirtmoqlariga ko'maymi ? Nega meni tushunishni istashmaydi ? ... -Beg'uborim, yig'lama. Men hamisha qalbingdaman ! Seni buyerlardan olib ketaman, albatta olib ketaman ! Yana ozgina sabr qil. O'qishga chiqarishmas ekanmi endi ? -Yo'q deb turgandila. Lekin Dadam, bugun Jafarga: "Dushanbe kunidan qizim o'qishga chiqadi, har bir qadamiga ko'z quloq bo'lgin" dedila. Endi, o'qishga chiqganimda ham, uchrasholmaymiz ... -Shunaqa-de ... Qo'yaver Maftunim. Mayli, kuzatishsin. Menga eng muhimi, seni uydan chiqa olganing. Buyog'idan xavotir olma. Endigi safar, buyerlardan seni albatta olib ketaman. -Lekin, Jafar bunga yo'l qo'ymasachi ? -Bu ablaxdan ham, xavotir olma. Buyog'ini menga qo'yib ber. -Xo'p. -Maftunim, seni qanchalar sog'inganimni bilsang edi ... -Bilaman Otabek aka ... Endi telefonni o'chirishim kerak. Tag'in, dadam ko'rib qolmasinla. Yana mavridini topib, qo'ng'iroq qilaman. -To'hta beg'uborim, yana ozgina gaplashaylik. Bugun shanbami ? Demak, bir kun vaqt bor. Dushanbe kuni o'qishga kelganingda, seni olib ketaman. Jafarni chalg'itamiz. Sen o'qishga kelganingda, singlim senga nima qilishni tushuntiradi. -Xo'p ... Otabek aka ? -Labbay Maftunim ? -Juda ham ehtiyot bo'ling ! -Xavotir olma beg'uborim. Xudo xohlasa, bu safar, hammasi joyida bo'ladi ! -Inshoolloh aytganiz kelsin ! Mayli Otabek aka, haliroq yana qo'ng'iroq qilaman. -Bo'pti Maftunim. Kutaman. -Xo'p. O'zizni ehtiyot qiling ! Ko'rishguncha ... -Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Allohim o'z panohida asrasin ! Ko'rishguncha ... Allohga shukur, men Maftunimni ovozini eshitdim. Biroz bo'lsada, o'zimga keldim. Ertasi dam olish kuni bo'lgani bois, Elyor va Jamshid o'rtog'imni uyga chaqirdim. Bizga aniq bir reja kerak edi. Bu haqda bosh qotira boshladik. -Otabek, qanday qarorga kelding ? Uchta rejani aytdim senga. Qaysi biri ma'qul ? -Elyor, biz qaltis vaziyatdamiz. Bu so'ngi imkoniyat degani. Tavakkal qilolmaymiz. Xudo ko'rsatmasin-u, arzimagan xatoyimiz ham, meni Maftunadan butunlay ayirishi mumkin. Men bir qarorga keldim ... -Xo'sh ? Qanaqa qaror ? -Singlim bilan gaplashishim kerak. Sizlarga keyin aytaman. Jamshid, men Maftuna bilan ketganimdan so'ng, anavi ablax Jafar uyimga kelishi mumkin. Doimiy kuzatuvda bo'l. U ablax uyimiz kelgan zahot, menga qo'ng'iroq qilasan. -Mayli-yu, lekin nega qo'ng'iroq qilaman ? U paytda, sen buyerda bo'lmaysan-ku ! Yaxshisi o'zimiz gaplashib qo'ya qolamiz, o'sha yaramas Jafar bilan. -Yo'q ! U ablaxdan har narsani kutsa bo'ladi. Yana bir bor aytaman, bu qaltis ish ! Xato qilishga haqqimiz yo'q ! Shu safar ham, Maftunani olib ketolmasam, unda hechqachon olib ketolmayman. -Tushunarli Otabek. -Qani endi ishga kirishinglar. Allohim, madadkor bo'lsin ! Elyor va Jamshid ketishgach, singlimni oldiga keldim. So'ngi imkoniyatda, menga eng katta yordamni, singlim beradi inshoolloh ! -Singiljon, kirsam maylimi ? -Keling akajon, bemalol. -Rahmat. Haligi ... Senda gapim bor edi. -Eshitaman akajon ? ... -Maftuna haqida gaplashmoqchi edim. -E ha-ya, Maftuna qo'ng'iroq qildimi ? -Ha qildi. -Xo'sh ? ... -Ertadan o'qishga chiqarkan. -Vooy, zo'r-ku ! Qanday yaxshi. Nihoyat ertaga dugonamni ko'raman. Iye shoshmangchi, otasi o'qishga borishiga rozi bo'libdimi ? -Ha singlim, rozi bo'libdi. Faqat, uni kuzatishga odam qo'yibdi. -Tushunarli. Uchrashganizni bilganidan keyin, shunday qilishi tabiiy. Xo'sh, nima qilmoqchisiz ? -Ertaga Maftunani olib, buyerlardan biron muddatga ketaman. -Voy, qanaqasiga ? Kuzatuvga otasi odam qo'yibdi, dediz-ku ! Maftunani qanday olib ketasiz ? -Bu ishda sen menga yordam berasan. Yordam berasanmi singiljon ? -Qo'limdan kelsa, albatta. Lekin men, qanday yordam berishim mumkin ? -Hozir tushuntiraman. Maftuna ertaga o'qishga kelganida, anavi jafarni odami tashqarida, Maftunani o'qishlari tugashini kutib, nazorat qiladi. Ertalab sen ham o'qishga borasan. Maftuna bilan uchrashib, meni tashqarida, mashinada kutayotganimni aytasan. Men, o'qish markazidan, biroz chetroqda bo'laman. Unga mashinam qayerda turganini aniq holda aytasan. Maftuna chiqganida, hechqayoqga qaramasdan, to'g'ri meni oldimga kelishi kerak. Agar atrofga, kimnidir izlayotgandek qarasa, Jafarni odami buni sezib qolishi mumkin. -Iye-iye shoshmangchi, Maftuna tashqariga chiqganda, Jafarni odami buni shundog'am ko'radi-ku ! Qanday qilib, sizni oldiz boradi ? -Maftunani, kiyimlarini o'zgartiramiz. -Nima ??? -Ha singlim. Shunda, anavi Jafarni hamtovoqi, uni Maftuna ekanini bilmaydi. Hozirgi aytadigan gaplarimni, yaxshilab eshit. Ertaga o'qishga borishingdan oldin, bir paketda, kiyimlaringdan olasan. O'qishga borganingdan so'ng, hechkimga bildirmay, u kiyimlarni, Maftunaga berasan. Maftuna bilan, ko'p ham muloqotda bo'lmaysan. Maftuna bilan muloqotingni, anavi Jafarni odami ko'rsa, Maftuna yo'qolib qolganini eshitgandan so'ng, buni sendan ko'rishi mumkin. Shu uchun ham, u bilan galashayotganingda ehtiyot bo'l. Maftuna kiyimini o'zgartirib, to'g'ri men bergan manzilga yetib keladi. Men uni buyerdan olib ketaman. Tushuntira oldim-mi singlim ? -Tushundim akajon. Ammo bunga ishonchingiz komilmi ? -Ha, ishonchim komil. Senga ham, 100% ishonaman. Buni albatta eplaysan ! -Rahmat akajon. Unda, ertaga ketasiz, shunaqami ? -Xudo xohlasa singlim, Xudo xohlasa ! Oxiri baxayr bo'lsin ! -Aytganiz kelsin akajon. -Aytgancha singlim, mana telefoning. Men boshqa telefon sotib olib, senga qo'ng'iroq qilaman, xo'pmi ? -Xo'p bo'ladi akajon. -Rahmat singlim. Boringa shukur ! Mayli, men bir ko'cha aylanib kelay. Keyinroq yana gaplashamiz. -Akajon ? -Labbay singlim ? -O'zizni ehtiyot qiling ... -O'zimni mehribon singlim. Albatta ehtiyot bo'laman. Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Bo'pti, men ketdim. -Xo'p. Yaxshi boring. Uydan chiqib, Elyorni oldiga yo'lga chiqdim. Inshoolloh oxiri baxayr bo'lsin ! Ablax Jafar, mendan Maftunimni tortib olishinga yo'l qo'ymayman ! (DAVOMI BOR...) DIQQAT, E'LON: Hurmatli sayt a'zolari, saytimizga yangi loyiha yo'lga qo'yildi. Endi har "Payshanba" kuni, "Sevgi voqealari" ni yozib boramiz. Bu esa, hozir o'qigan voqeangiz ham, haftada bir marotaba qo'yiladi degani. Har "Payshanba" kuni, hayotiy voqealarni kuzatishingiz mumkin. "Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz !" voqeasining davomini ham, har hafta o'qib, kuzatishingiz mumkin. Keyingi sonini, kelasi Payshanbada o'qiysiz. Hurmat bilan, sayt hodimlari. 8-QiSM Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (8-qism) Uydan chiqib, Elyorni oldiga yo'lga chiqdim. Inshoolloh oxiri baxayr bo'lsin ! Ablax Jafar, mendan Maftunimni tortib olishinga yo'l qo'ymayman ! Elyor bilan, biroz ko'chada aylanib qaytdik. Kun esa, o'tib borardi. Yakshanba kuni ham, hayajonli onlar bilan o'tdi. Vanihoyat Dushanbe tongini qarshi oldik ... -Akajon, yaxshi dam oldizmi ? -Allohga shukur singlim, yaxshi. O'zingchi ? -Hmm, yaxshi. -Singlim, men aytgan gap nima bo'ldi ? Ya'ni, kiyimlarni tayorlab qo'ydingmi ? -Aytganizdek qildim akajon. Paketga solib, tayorlab qo'ydim. -Juda ham yaxshi. Men oldinroq borib, o'qish darvozasining, biroz chetrog'ida kutib turaman. O'qishga kelganingda, mashinam qayerda turganini ko'rasan va Maftunaga aniq holda tushuntirasan, xo'p ? -Xo'p bo'ladi akajon. -Tashakkur singlim. -Nonushta tayyor akajon. Nonushta qilib, keyin keting. -Xo'p. Nonushta qilib, tezda yo'lga chiqdim. Elyorni ham uyidan olib, to'g'ri o'qish markaziga otlandik. Soat 8:10 lar chamasi yetib keldik. Elyor mashinadan tushib, ko'chani nazorat qila boshladi. Oradan birmuncha vaqt o'tgandan so'ng, nihoyat Maftunim keldi ... Otasi, mashinasida olib keldi. Mashinadan tushayotgan Maftuna, Otasiga qaragancha, boshi egik holda to'xtadi. Otasi unga, nimalarnidir gapirib, go'yo tanbeh berayotgandi. Birozdan so'ng, orqadan yana bir mashina keldi. Bu esa, ablax jafarni sheriklari edi. Kim biladi, balki o'zi ham mashinada bo'lgandir. Maftunani otasi ketdi ... Maftuna o'qish darvozasidan endi kiraman deganida, birdan to'xtab, ortiga qaradi. Kimdir uni chaqirgandek bo'ldi. Bu, anavi jafarni hamtovog'i ekan. Xullas, Jafarni odami Maftunani oldiga yaqinlashib, nimalardir dedi. Shundan so'ng Maftuna, darsga ketdi. Ularni kuzata boshladim. Jafarni odami ham, mashinasida, Maftunani darslari tugashini kuta boshladi. Biroz vaqt o'tib, singlim keldi. U atrofga bir ikki bor tikildi-da, mashinam qayerda turganini ko'rib, yana yo'lida davom etdi. Meni esa, hayojon butun tanamni qoplab olgandi. Birinchi dars tugashini kutib turdik. Bir yarim soatlardan so'ng, tanaffus e'lon qilingani haqida, qo'ng'iroq chalina boshladi. Diqqatimni o'qish darvozasiga qaratdim. Biron daqiqa o'tgach, darvozadan bir qiz chiqib, to'g'ri mashinam turgan tomonga qarab kela boshladi. Yaqinlashgani sayin, uni Maftunim ekanini his etardim. Hayajon va kuchli bosim, meni xavotirga solardi. Ilohim tanib qolishmasinda ... Jafarni odami ham, xuddi sezganday, shu qizga qarab turardi. Xayriyat, hechqanaqa mojarosiz, Maftuna kelib, mashinaga o'tirdi. Elyorni o'qishda qoldirib, o'zim Maftuna bilan ketdim. O'qish markazidan uzoqlashgach, mashinani to'htatdim. Maftuna xursandligi va sog'inchi cheksizligidan, meni mahkam quchoqlab oldi. -Allohga shukur, Allohga shukur Otabek aka ! Yana uchrashdik ! -Behisob shukurlar bo'lsin Maftunim ! Biz uchrashdik. Seni qanchalar sog'indim, beg'uborim ! Yaxshimisan ? -Rahmat Otabek aka, men yaxshiman. Hozir juda ham baxtliman ! Sizni ko'rganimdan, baxtliman ! O'ziz yaxshimisiz ? -Allohga shukur, yaxshiman. Men ham baxtliman beg'uborim ! Ha aytgancha, ko'zoynak bilan ro'mol, senga yarashibdi. -Voy, rostdanmi ? Endi bularni olib tashlasam ham bo'ladi. Ochig'i singliz kelib, shu kiyimlarni kiyib, shu manzilga borasan deganida, hayron qoldim. Xudoga shukur, Jafarni odamlari meni tanishmadi. -Men zo'rg'a tanidim-u, Jafarni odami qayerdan tanisin ... -Xoo-o, shunchalik o'zgarib ketibman-mi ? -Ha albatta ! -Xursandman Otabek aka. Endi nima qilamiz ? -Endimi ? Endi, buyerlardan biron muddatga qochib ketamiz ! -Qayerga ketamiz ? -Men bilan yur, ko'rasan. Senga albatta yoqadi. Yo'l-yo'lakay suhbatlashib ketamiz. Anchadan beri gaplashmabmiz ... -Xo'p bo'ladi ... -Unda, ketdik ! ... Maftunani olib, yo'lga tushdim. Maftunim yonimda ekanidan, o'zimni juda ham baxtiyor his etdim. Allohga shukur, men uni olib ketdim. Endi buyog'iga, sevgimiz uchun, birga kurashamiz ! Yo'lda ketayotib, Elyorga nima gapligini bilish uchun, qo'ng'iroq qildim. Elyor, hali darslar tugamaganini aytdi. Singlimga ko'z-quloq bo'lishini, darslari tugagach, uygacha kuzatib qo'yishini ta'kidladim. Vaqt esa, o'tib borardi. Oradan ozmi-ko'pmi vaqt o'tgach, bir chekka qishloq tomon yetib keldik. Atrofida turli xil daraxtlar, har xil anhorlar, dasht-u biyobon joylar ... Xullas, xuddi o'rmonga o'xshardi. Bu joylar ichida esa, oddiygina bir, 3-4 xonali uy qurilgan. Ilgari buyerda-bir, hechkimi yo'q do'stim yashardi. Bu uy atrofida, boshqa uylar yo'q. Faqatgina hazon daraxtlar bor xolos. Do'stimni ko'rish va u bilan suhbatlashib o'tirish uchun, bu yerlarga ko'p bor mehmonga kelar edim. "Uyim, hamisha sen uchun ochiq" derdi mehribon do'stim. Lekin, o'zi chet mamlakatga ishlagani ketdi-yu, shu bilan boshqa qaytmadi ... Shundan beri uyi hechkimsiz, huvillab yotardi. Maftuna bilan shu uyga kelib joylashdik. Bu orada Elyor qo'ng'iroq qilib, singlim Shahnozani darslari tugagani va Maftuna chiqmaganini ko'rgan anavi Jafarni odami, o'qish ichkarisiga kirib ketganini aytdi. Singlim bilan uyga qaytishini tayinlab, telefonni o'chirdim. Nima bo'lsa, bo'ldi. Bir kun vaqtimiz, uyni saramjonlashga ketdi. Kech tusha boshladi. Atrof qop-qorong'u. Chiroq bor-u, baribir atrof zimiston edi. Lekin, qo'rquv bizga begona ! Xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek edik. Men shahzoda, Maftuna esa, malika ... Kechqurun Maftunaga bo'lgan voqealarni birma-bir gapirib berdim. Buni o'ylab, Maftunim o'zini yig'lashdan tutib, turolmadi. Men esa uni ovutish uchun: "Maftunim yig'lama, mana birgamiz. Qo'rqma, seni mendan hechkim tortib ololmaydi" derdim. Ammo u, otasini mendanda yaxshiroq bilardi. Shu uchun ham, qattiq qo'rqardi. Ikkinchi tomondan, anavi sovuq Jafardan qo'rqardi. "Jafar bizni o'ldiradi" deb. Mayli, qo'lidan kelganini qilsin ! Hech bir amal, javobsiz qolmaydi ! Qilmishiga yarasha javob oladi. "Qaytar dunyo" deyishadiku ... Telefonimni yoqsam, u yerda antena yaxshi emas ekan. Bir amallab, singlimga qo'ng'iroq qildim. Hammasi joyida ekanini ta'kidladi. Oyim va dadamga hammasini aytibdi. Uyga qaytishimni, bunday qilmasligimni tayinlashibdi. Albatta, baribir Ota- onada. Farzandi haqida qayg'uradi. Lekin men bunday qilolmayman. Ablax Jafar yaxshi inson bo'lganida edi, hammasi butunlay boshqacha bo'lardi. Shu tariqa tong ham otdi ... -Maftun, tong otdi. Xayrli tong ! A- u ? Maftunim ? -Voy, hammayoq yop-yorug' bo'lib ketibdi-ku. -Tong otdi-da beg'uborim. -Xayrli tong Otabek aka ! Yaxshi yotib turdizmi ? -Allohga shukur yaxshi. Lekin sen yaxshi emas. Maftun, o'ziyam ertalabgacha yig'lab chiqding. Bir soat uxladingmi, yo'qmi. Ko'zlaring qizarib ketibdi. Axir, o'ylama dedim-ku ! -Xo'p ... -Har doim kulib yurishingni xohlayman. Xudo xohlasa hammasi joyida bo'ladi. -Aytganiz kelsin ... -O'zimni Maftunim. Senchalik aqilli, chiroyli va mehribon qiz, yana bormikan bu dunyoda ? Men uchun yo'q ! O'zimni yagonam ... -Voy Otabek aka, ko'p maqtab yubormadiz-mi ? Mendanda yaxshi qizlar ko'p-ku bu dunyoda. Masalan, mana biri singliz Shahnoza. -Men uchun yagonasan, beg'uborim ! Qalbim beg'uborisan ! -Rahmat Otabek aka ... -Maftunim, men bir shaharga chiqib, bozor qilib kelaman. Manabu telefon senga, bunisi menga. Nomerimni telefoninga saqlab qo'ydim. Biron nima kerak bo'lsa, yoki biron gaping bo'lsa, menga qo'ng'iroq qil, xo'p ? -Yo'q ! Otabek aka, ketmang ! Hechnarsa kerak emas. -Maftunim, tezda kelaman. Zarur narsalarni olamanda, qaytaman. -Yo'q, iltimos ketmang ... -Xavotir olma beg'uborim. Endi biz, uydan ancha yiroqdamiz. - ................... -Nega indamaysan Maftunim ? Ko'p qolib ketmayman. So'z beraman. -Xo'p ... -Bo'pti, unda men ketdim. Tezda kelaman xo'p-mi ? -Xo'p. Yaxshi borib keling. Otabek aka, iltimos ehtiyot bo'ling. -Voy, yig'layapsanmi Maftunim ? Albatta aytganingdek qilaman. Bo'ldi, yig'lab o'zingni qiynama. Xudo xohlasa, hammasi joyida bo'ladi. -Xo'p ... -Mayli Maftunim, men ketdim. -Yaxshi borib keling. Oq yo'l. Ko'zlaridan, baribir yoshlari qalqib chiqardi. Maftunimni ko'zlari, xuddi qanaqadir nohushlikni sezganday, mayus edi. Shaharga qarab, yo'lga chiqdim. Yo'lda ketayotib, Jamshid qo'ng'iroq qildi ... -Alo ? Eshitaman o'rto ? -Alo ?! Otabek, salom. Yaxshimisizlar ? -Salom o'rto ! Rahmat, Allohga shukur, yaxshimiz. Nima gap Jamshid ? -Haligi ... Anavi yaramas Jafarni mashinasi, uying atrofida yuribdi ... -Nima ? ... -Bir ikkita odamlar bilan gaplashyapti. Seni uyingni manzilini so'rayapti chog'i. Nima qilay ??! -Tushunarli. Jamshid, hechnarsa qilma. Kuzatuvda bo'l. Men hozir Jafar bilan o'zim gaplashaman. -Iye, uyga qaytasanmi ? -Yo'q, telefonda gaplashaman. Hozir Jafar ortiga qaytadi. Agar qaytmay uyimga kelsa, Elyorni chaqirasan. Elyor senga nima qilishni tushuntiradi. -Xo'p, tushunarli. -Bo'pti. Qo'ng'iroq qilaman. Telefonni o'chirishim bilan, ablax Jafarga qo'ng'iroq qildim ... -Da ?! Alo ?!! -Ablax, meni izlayapsanmi ? -Iflosmisan ? O', seni o'ldiraman ! Qayerdasan iflos ?! Maftunani qayerga olib ketding ? Yerni tagida bo'lsang ham, seni topib o'ldiraman !!! -Qizishma ablax ! Odamga o'hshab gapir. "It akkillayveradi, Karvon o'taveradi" degan gap bor. -O', bu gaping bilan nima demoqchisan ? Meni yana it deyapsanmi ? Aqilli gaplaringni o'zingdaqa jinnilaga aytasan demaganmidim ? O'zingni kim deb o'ylayapsan ? Sendan yaxshilikcha so'rayapman, Maftuna qayerda ? -Hmm, shunaqa-de, Maftunami ? Maftuna meni yonimda ! U hamisha men bilan ! Men ham senga aytgan edim, Maftunadan voz kechmayman, O'lsam ham, sevgim uchun kurashaman deb ... -O'chiiiiiiii-ir !!! O'chir ovozingni iflos !!! Voz kechmayman deysanmi ? Voz kechasan iflos ! Shunaqayam voz kechasanki hali. Yana menga sevgi deyapsanmi ? Sevging boshingdan qogur iflooos !!! -Namuncha baqirasan ? Haqiqat yoqmayaptimi ? -Lanati iflos, hali shunaqami ? Manashu qilganing, o'zinga jabr bo'ladi. Endi, Maftunani o'z qo'ling bilan keltirib berasan ! -Ablax, nimalar deb valdirayapsan ? Bilganingni qil ! -Bilganimni qilaymi ? Yaxshi. O'zing bilasan. Menga qara, go'zal bir singling bor ekan deb eshitdim ?! Shu rostmi ? -Nima ??? ... -Haa-a, manashunaqa iflos ! Nimani sha'ma qilayotganimni endi fahmladingmi ? -Ablax, singlimga yaqinlashsang, qasam ichaman, seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman ! Keyin qamalib ketsam ham mayli. -Yo'g'ey ? Vuhahahahaha ! Kulgimni qistatma-ey iflos ! Senga bir kun muhlat, yo Maftunani qaytarib uyga olib kelasan, yoki men ham, xuddi senday, singlingni olib ketaman. Keyin esa, tomoshani zo'rini ko'rasan. Shuni xohlayapsanmi ? Singlingni bekitaman deb, ovora ham bo'lma. Meni kimligimni bilasan. Bugun bo'lmasa, ertaga maqsadimga erishaman ! -Bunchalar pastkashsan-a. Alloh jazoyingni bersin, nomard ! -Ha, qo'rqib ketdilami ??! Gap-shu, yo Maftuna bilan qolib, singlingni xor qilasan, yo Maftunani qaytarib, singlingni qutqarasan ! Tanlash imkoni senda ! Ko'ramiz endi ahvolingni ! Ertagacha qo'ng'iroq qilmasang, go'zal singling bilan, vidolashasan. Qo'rqma, uni o'ldirmayman. Shunchaki bir zo'r tomosha uyushtiraman. Sen o'ylaganchalik ham, razil emasman. Bo'pti bo'masam, qo'ng'irog'ingni kutaman iflos ... Tut ... Tut ... Tut ... Tut ... Ablax Jafar ! Ming la'nat senga ! Bu yolg'onchi dunyoda necha kun yashaysan o'zi ? Odam degani, shunchalik ham tuban bo'ladimi ? Sen o'ylaganchalik, razil emasman emish. Bu qimishlari, u uchun hali, hechnarsa ekan-da ? ... Alloh jazoyingni bersin ! ( Davomi bor ) 9-QiSiM Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (9-qism) Ablax Jafar ! Ming la'nat senga ! Bu yolg'onchi dunyoda necha kun yashaysan o'zi ? Odam degani, shunchalik ham tuban bo'ladimi ? Sen o'ylaganchalik, razil emasman emish. Bu qimishlari, u uchun hali, hechnarsa ekan-da ? ... Alloh jazoyingni bersin ! Shahardan kerakli narsalarni olib, Maftunani yoniga qaytdim. Maftuna kelganimni ko'rib, quvonib ketdi. Yolg'ondaka tabassum qilib, unga tikilib turardim. Eh Maftunim, muhabbatimiz og'ir sinovlarga duch kelmoqda. Bu sinovlardan o'ta olarmikanmiz ? Men tushkunlikga tusha boshladim. Ablax Jafar, nomardlarcha bo'lsada, so'zini ustidan chiqadi ... U endi oilamni tinch qo'ymaydi. Nomardlik qilib, qiz boladan foydalanmoqchi. Bu orada Jamshid qo'ng'iroq qilib, Jafar ortiga qaytganini ta'kidladi. Mendan nima bo'lganini so'radi. Unga bor gapni aytdim. Jazavaga tushgan o'rtog'im, Maftunani qaytarmasligimni, singlimga o'zi ko'z-quloq bo'lishini aytdi. Lekin bu, xavfli. Xudo ko'rsatmasin-u, singlimga bir gap bo'lsa, bunga men aybdor bo'laman. Singlim meni deb, jabr ko'rishini istamayman. Eh, dunyoda shunaqayam razillik bo'ladimi ? Ilgari bunaqa holatlarni kinolarda ko'rsam, e'tibor bermasdim. Bu shunchaki kinoda deb, qo'yardim. Endi esa, xuddi kinodagidek holatlar, o'z hayotimda kuzatilmoqda. U kinolarda ko'plab sevishganlarning taqdiri, ayriliq yoki o'lim bilan tugardi. Nahotki bizda ham... Yo'q- yo'q, faqat ayriliq yoki o'lim emas ! Allohim, o'zing asra bizni ... Xavotir kuchliligidan, bir zum o'zimni yo'qotib qo'ydim. O'yla Otabek, o'yla ... Bir qaroring bilan, singling jabr ko'rishi mumkin, bir qaroring bilan, singling qutqarilib, Maftuna, ablaxning qo'lida bo'ladi ... Qanday yo'l tutishim kerak ? Allohim, o'zing madad ber menga ... -Otabek aka, xomush ko'rinasiz ? ... -A ? Ha-yo'q, shunchaki o'zim. Kel Maftun, o'tir. -Nimadir bo'ldimi ? Shahardan qaytganizdan beri, kayfiyatiz yo'q. Tinchlikmi ? -Tinchlik Maftunim. Hammasi joyida. Sen xavotir olma. Biroz charchabman shekilli. -Aniqmi ? Hechnarsani mendan yashirmayapsizmi ? -Nimani ham yashirardim beg'uborim ? Hammasi joyida. -Mayli ... Unda biroz yotib, dam oling. Men ungacha ovqat tayorlayman. -Xo'p. Demak, men uchun birinchi ovqatingni tayorlar ekansan-da ? -Xuddi shunday ! -Bo'pti beg'uborim. O'zingni ko'p ham urintirma unda. Agar, suvmi yoki boshqa og'ir narsalar kerak bo'lsa, meni chaqir. O'zim olib kelib beraman. -Xo'p bo'ladi. -O'zimni Maftunim ... -Xo'p. Yaxshi dam oling Otabek aka ... -Tashakkur beg'uborim ... Maftuna ketgach, nima qilish haqida o'ylay-o'ylay uxlab qoldim. Oradan ancha vaqt o'tgach, Maftuna meni uyg'otib, ovqat tayor ekanini aytdi. Bu men uchun quvonchli edi. Maftunim ilk bor, men uchun ovqat tayorladi. Bu men uchun, ulkan baxt edi. Oshxonadan kelayotgan ovqatning hidi, shunaqayam yoqimli edi-ki, ovqat juda ham mazali ekanini bemalol his etish mumkin. Dasturxonni ajoyib noz-u ne'matlar bilan bezak berganlarini ko'rib, yanada xursand bo'lib ketdim ... -O'zimni Maftunim, qo'li gul, pazandahamman-de ? -Qo'ysangizchi, bularni har bir qiz eplay oladi. Hechnarsa qilmadim-u. O'tiring, hozir ovqatni suzaman. Bir mazasiga baho beringchi ... -Xo'p bo'ladi Maftunim. Hididan menimcha, juda ham shirin chiqgan. -Mana-bu sizga. Qani oling, tatib ko'ringchi. -Qani ... O'zing ham o'tir beg'uborim. -Xo'p ... -Bismillahu rohmani rohiym. -Xo'sh ? Qaley chiqibdi ? -A-aaa ... -Xo'sh ??? -A ... Haligi ... -Bemalol aytavering ?! ... -Haligi ... Mashinani chetga olish yodimdan chiqibdi. Hozir kelaman ... -Vooy, qayoqga ? Nega ? Hozir olasizmi ? Maftunaga indamay xonadan chiqdim va biroz tashqarida kutib turdim. Unga hazil qilish maqsadida, xuddi "Kelinlar qo'zg'oloni" filmidek qilmoqchi bo'ldim. Unda bir kelinni, ovqatiga tuzni ko'p solishadi. Ovqat tayyor bo'lgandan so'ng, ovqatlanishayotib, ovqatni yegan kishilar, o'rnidan har xil bahonalar topib, turib ketishadi. Ko'pchiligimizga tanish albatta bu kino. Men ham Maftunaga, hazil tariqasida shunday qilmoqchi bo'ldim. Keyin xonaga sekin kirdamda, yana o'rnimga o'tirib, ovqat yemay, Maftunaga tikilib turdim. Maftunani ko'zlari yoshga to'ldi ... -Maftunim ? Maftunim ? Yig'layapsanmi ? Voy darrov yig'laysan-a. Hazillashdim beg'uborim. Bilasan-ku, doim hazil qilib turaman. Kelaqo o'zimga. Ko'z yoshlaringni artib qo'yaman. O'zimni Maftunim. -Yo'q ! Tegmang menga ! -Iye ... Maftunim, hazillashdim. Ovqating juda ham mazali bo'libdi. Rost gapiryapman. Har holda menga tayorlagan birinchi ovqating-bu. Juda ham ajoyib ! Hozir bir pasda yeb qo'yaman hammasini. -Yo'q, yemaysiz ! Bering buyoqga ! -Iye Maftunim, men hazillashdim- ku ! Yana bir tomchi qonimdan keching malikam ! Iltimos ... - ... Ha mayli, kechdim ! Qo'rquvona hazillariz, biram xavotirli-ki. -Nimasi xavotirli beg'uborim ? Shunchaki sho'hlik qilamanda. Qani endi ovqatdan ol. Hali bir og'iz ham, yemabsan. Qani ol ... -Rahmat Otabek aka ... Hozir, qanchalar baxtli ekanimni bilsangiz edi. Qaniydi shu baxtimiz abadiy bo'lsa ... -Bo'ladi Xudo xohlasa beg'uborim, bo'ladi. Inshoolloh baxtli bo'lamiz ! -Aytganiz kelsin ... Ilk bor, beg'uborim men uchun ovqat tayorladi. Bu esa, ko'nglimga ancha taskin berdi. Ovqatlanib bo'lgach, ertangi kun haqida o'ylay boshladim. Oxiri bir qarorga keldim ... Men Maftunimni bermayman ! Shunday deyapman- u, ichimda kuchli xavotir kezardi. Ablax Jafardan, har narsani kutish mumkin. Singlimga qo'ng'iroq qilib, o'qishga bormay, uydan vaqtinchalik chiqmasligini, Elyor va Jamshidga esa, atrofga ko'z-quloq bo'lishlarini ta'kidladim. Endi ortga yo'l yo'q ! Shu tariqa Maftunim bilan, mehribon Allohning, yana bir fayzli kunini o'tkazdik. Yangi kun boshlandi ... Jafar qo'ng'irog'imni kutyapti. Unga qo'ng'iroq qilib, hechqayerga ketmasligimni va oilamga yaqinlashgudek bo'lsa, uni sog' qo'ymasligimni aytdim. Bu gaplarim, albatta unga yoqmaydi va ahamiyatsiz. Lekin men chekinmayman ! "Chin oshiq, sevgilisi uchun, oxirigacha kurashadi" deb, eshitgandim. Jafar yana bezbetligiga borib, do'g'- po'pisa qilib ketdi. Mayli, qo'lidan kelganini qilsin ! Puli ko'p bo'lishi mumkin. Lekin, u ham odam, Alloh emas ! Bor e'tiborimni Maftunimga qaratdim. Dasht-u biyobonlarga sayrga chiqdik. Turli xil anhorlar, har xil kuzgi manzaralar bo'ylab, sayr qilardik. Biz baxtlimiz ! Ammo, bu baxtimiz ko'pga bormadi. Oradan 5 kun o'tib, Elyor qo'ng'iroq qildi va ... Singlimni yo'qolib qolganini aytdi. Bu gapni eshitib, qattiq shokga tushdim. Xavotir va qo'rquv bosimi shu darajada kuchli ediki, biron daqiqa gapirolmay qoldim. Aslida yo'qolib qolganiga 3 kun bo'libdi. Lekin Elyor bunda o'zini aybdor his etib, menga aytmay, o'zi qidirishga urungan ekan. Natijada topisholmabdi. Jahl, butun vujudimni egallab oldi. Zudlik bilan shaharga otlandim. Yo'lda ketayotib, ablax Jafarga qo'ng'iroq qildim ... -Ablax, nomard ! Seni o'ldiraman ! Singlim qayerda ? Qayerga yashirding ??? -Ooo, ifos-boy, bormisiz ? Qo'ng'irog'izni kutaverib, ko'zlarimiz sakkiz bo'ldi-ku ! -Agar singlimni bir tola sochi to'kiladigan bo'lsa, Alloh shohid, seni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman ! -Tasodifni qarang-a ... Maftunani olib qochganingda, xuddi men sen bilan shunday gaplashgandim. Ammo sen, kulganding. Endi kulish novbati menga ekanda ! -Ko'p akkilamay, maqsadga o't ! Singlim qayerda ? -Singling meni koshonamda ! Seni ogohlantirgandim, Maftunani qaytar, bugun bo'lmasa, ertaga maqsadimga erishaman deb ! Sen nima qilding ? Maftuna bilan qolding. Begona oilani farzandi, o'z tug'ishgan singlingdan ham ustun bo'ldimi ? -Lanati iblis ! Sen pastkashsan ! O'z maqsadimga erishaman emish. O'z maqsadimga nomardlarcha erishaman-de undan ko'ra ! O'z maqsading yo'lida, qiz boladan ham foydalanasanmi ? Qanaqangi surbetsan ?! -Ey iflos, diydiyongni kotta xolanga aytasan. Shukur qil, singlinga hali hechnima qilganim yo'q ! Tomoshani allaqachon boshlasam ham bo'lardi. Lekin, yana ozroq sabr qildim ! Bu uchun menga rahmat-de. Mana qo'ng'iroq ham qilding. Endi senga oxirgi marta imkon beraman. Ertaga Maftunani uyga keltirib qo'yasan. Mayli, agar qo'rqsang, Maftunani uyidan sal chetroqlarda qoldirgin. O'zi uyga yetib keladi. Men uydagilariga qo'ng'iroq qilib, Maftuna kelganmi yoki yo'qligini so'rayman. Keldi deyishlari bilan, singlingni qo'yvoraman ! Agar ertaga ham keltirmasang, go'zal singlingdan, asar ham qolmaydi ! Keyin uni so'ngan gulni parvarishlagan kabi, qancha parvarishlasang ham, hayotga qaytib gul bo'lib ochilmaydi ! So'ngan gul, qaytib nafis gulga aylana olarmidi ? Nima demoqchiligimni fahmlagandirsan ?!! Ha yana bir gap, shaharda ehtiyot bo'lib yur ! Seni militsiya izlayapti ! Ertangi kunni, intizorlik bilan kutib qolaman. Xayr !!! Lanati ablax ! Eh Xudoyim, bu insonmi o'zi ? Nima qilayotganini tushunyaptimi ? O'zing insof ber Allohim ! Bu voqeadan so'ng, ruhiyatim tobora so'nib borardi. Elyor va Jamshid bilan uchrashib, yana Maftunani oldiga qaytdim. Kelsam, Maftuna yig'lab oldimga chiqdi. Nima bo'ldi Maftunim ? Men keldim deb, 5-6 bor aytdim ... Lekin indamay, menga tikilib turardi ... -Maftunim, nima bo'ldi ? Nega gapirmayapsan ? Iltimos, meni qo'rqitma ... ( Davomi bor )