Ota Onang rozi bo'lishmasa bu yerlardan qochib ketamiz! Singlimni dugonalari kelishibdi. Bu dugonalari ichida esa ....... Men muhabbatimni uchratdim. Aniqrog'i, juda ham chiroyli husni, qosh-u ko'zlari bilan bir qiz, meni o'ziga maftun etdi. Hayot qizig'-a ? Gohida mehribon, gohida beshavqat, goh quvonch, goh g'am ... Hayotimizning eng go'zal damlarini "baxt" deb ataymiz. Bu hayotga baxtli yashash uchun kelganmiz. Ammo bu oson emas. Hayotning son- sanoqsiz qiyinchilig-u, mashaqqatlari mavjud. Chunki bu sinovli dunyo ! Ushbu sinovlarning eng shirin dardliligi, bu "Muhabbat" ! Aytilishini o'zi bir, juda ham hayajonli. Qalbingiz o'zgacha bir olamda yashayotgandek o'zgarishlarning kuzatilishi ham, bu "Muhabbat" tuyg'usi sababli. Ilgari bu so'zga uncha tushunmasdim va shu so'zni eshitsam jahlim chiqardi. Nimaga, deysizmi ? Chunki har kun kechqurun muhabbat seriallari berardi. Oyim ko'rardila. Televizor shovqinidan ko'zimga uyqu kelmasdi. Qaniydi bitta serial bersayu, televizorni o'chirishsa. Afsus, unday emas. Biri tugashi bilan, ketidan boshqa kanalda yana bittasi. "Muhabbat mojarosimiyey", "Qalbim chechagimiyey", "Esmeraldamiyey" ... Voy-dod deb baqirgim kelardi. Muhabbat nimaligini tushunmaganingdan keyin, serialni ham ko'rishing kelmas ekan. Bitta serialdan qutulsang, ertaga yana bittasi paydo bo'ladi. Reklamalarini-ku aytmasam ham bo'ladi. "Yoshlar teleradiokanalida yana bir yangi serial "Muhabbat faloncha- falonchasi" !" Eng asabimga tegadigani ham, manashu edi. Bir marta reklama qilsa-ku mayli desangiz. Yo'q, bular har 15 minutda ko'rsatishi kerak. Tovba ... Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. 2009 - yilning aprel oyiga kelib men, birinchi bor "Muhabbat" nimaligini tushundim. Umrimda birinchi bor sevib qoldim va "Muhabbat" tuyg'usiga e'tibor beradigan bo'lib qoldim. Singlimni, aprel oyida tug'ilgan kuni edi. Uyda erta tongdan tayorgarlik ko'ra boshlagan singlim, dugonalari kelishini aytdi. -Ha erkatoy singlim, tug'ilgan kuning bilan. -Rahmat akajon ! Voy to'xtangchi, faqat tilak xolosmi ? -Aha, yana nima bo'lishi kerak ? -Sovg'a qani ? -Qanaqa sovg'a ? Tilakga ham shukur qil ... Odatda singlim bilan ko'p hazillashib turardik. Bu safar ham hazil qilmoqchi edim. Shunda singlim: -Sizdan xafaman ... Birinchi sizdan sovg'a kutgandim. ( Biroz xafa holda ) -Unda qo'lingni berchi. -Nimaga ? -Hozir ko'rasan. -Yo'q ! -Voy, qo'ysangchi singlim. Arazlama endi. Axir bugun tug'ilgan kuning. -Hmm ... Ha-Mayli ... -Bu senga. Tug'ilgan kuning bilan, o'zimni go'zal singlim. -Iye, nima-bu ? -Ochib ko'r. -Hozir ... Voooy, tumormi ? Buncha chiroyli. Sovg'a yo'q deb o'tirgandiz-u ? ... -Hazil qildimda. Singlimga sovg'a ololmasam, nima qilib yuribman. -Rahmat akajon ! Sizni juda ham yaxshi ko'raman. -Men ham singlim. Ha aytgancha, oyim va dadam ko'rinmaydila ? -Buvimlarnikiga ketuvdila. Biron soatda qaytarkanla. Dadam: "Akang uyg'onsa ishxonaga ham bir borib, xabar olsin" dedila. Sizga nonushta taxlab qo'yuvdim. Oshxonaga kirib ovqatlanib oling. -Aha, xo'p. Bo'lmasa tayorgarlikni davom etdiraver. Biron nima kerak bo'lsa, bemalol menga aytgin xo'pmi. -Xo'p bo'ladi akajon ... Ishxonaga bordim va qaytishda barcha kerakli mahsulotlarni keltirib berdim. Soat 10:30 lar chamasi Elyor degan o'rtog'im uyimiz keldi. Kompyuterda bir ishni tushunmayotganini va ko'rib berishini aytdi. Shundan so'ng u bilan xonamda suhbatlashib o'tirdik ... Soat 11:40 lar chamasi eshik qo'ng'irog'i jiringladi. 3 - 4 bor jiringladi ... -Singlim, eshikga qarachi, kimdir keldi. -Akajon, o'ziz ochaqoling. Qo'lim biroz ho'l. Ovqatni tayorlayotgandim. -Ob-bo ... Xo'p, hozir. Eshikni ochdim. Singlimni dugonalari kelishibdi. Bu dugonalari ichida esa ....... Men muhabbatimni uchratdim. Aniqrog'i, juda ham chiroyli husni, qosh-u ko'zlari bilan bir qiz, meni o'ziga maftun etdi. Nima deyishni bilmay, o'zimni yo'qotib qo'ydim. Taqdirni ishimi-bu bilmadim, aynan o'sha qiz so'z boshladi. -Salom. Shahnoza uydalami ? Biz dugonalari bo'lamiz. -A-a-a ... Ha-ha uyda, uyda. Kelinglar. Marhamat. Singlim, dugonalaring kelishdi. -Hozir, ketyapman akajon. -Marhamat, mehmonxonaga kiringlar. Xush kelibsizlar ... Singlim ham keldi va ular bilan ko'rishdi. Men esa, negadir birdan o'zgarib, o'zimni yo'qotib qo'ydim. Xonamga kirdim. Xayolparishon bo'lib, o'rtog'imni gaplarini eshitmabman. Muhabbat shunchalik ham sehrli bo'ladimi-a ? "Muhabbat, inson qalbiga kutilmaganda kirib keladi" deganlari rost ekan ... -O'rto ? Bu kompyuterga bir qaragin. Zagruzka qilib bo'ldi. Hey ? Eshityapsanmi ? -A ... Ha-ya uzr ... Hozir. -Tinchlikmi ? Birdan o'zgarib qolding ? -Hech gap yo'q Elyor. Tinchlik Shunchaki o'zim. -Aldama ! Iye, shoshmachi. O'rtog'im eshikdan chiqdida, mehmonxonaga qaradi. Uyerdagi singlimni dugonalarini ko'rib, xuddi sezganday oldimga kelib, kula boshladi. -Ha, nimaga kulyapsan ? -Qaysi biri Otabek ? -Nima deganing bu ??? -O'zingni bilmaganga olma o'rto. -E, nimalar deyapsan ? Hechnarsani bilmayman. -Qo'ysangchi, yashirma endi. Qaysi biridir yuragingdan urgani aniq. Ha- ha-ha bu aniq ! Mendan yashirolmaysan. -E bo'ldi qil. Boshqa gap yo'qmi ? Kel yaxshisi kompyuterdagi ma'lumotlarni to'g'irlaylik. Shunaqa deb gapni olib qocha boshladim. Lekin o'rtog'im baribir sezardi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng, singlim oldimga keldi. -Akajon, ovqatni suzyapman. Qayerda yeysizlar ? Oshxonadami yoki xonangizga olib kelay ? Men gapirishni o'rniga, Elyor gapira ketdi. -Shahnoz, yaxshisi sizlar bilan ovqatlanaylik. Otabek ham menimcha bunga qarshi emas ... (Tirjayib) O'rtog'imni bu gapidan jahlim chiqib ketdi. -E jinni, nimalar deyapsan ? Singlim bunga e'tibor berma. Ovqatni yaxshisi xonamga keltira qol. Shu yerda ovqatlanamiz. -Xo'p bo'ladi akajon. Hozir. -Rahmat singlim. Senga qarashib yuboraman. -Yo'q, siz o'tiravering. Dugonam yordamlashyapti. -Voy, mehmonni ovori qilib qo'yamiz-ku. -O'zi deyarli ish yo'q. Hamma narsa tayyor. Ovqatni suzamiz xolos. -Ha mayli ... O'rtog'im bilan kompyuter ishlarini davom etdirdik. Biroz vaqdan so'ng xonam eshigi taqqilladi. -Kiraqo singlim, eshik ochiq. -Kechirasiz ... Mana ovqat. Dasturxonni hozir olib kelaman. (Past ovozda) Hayron bo'lib qarasam, u singlim emas, meni o'ziga maftun etgan qiz ekan. Yugurib turib qo'lidan ovqatni oldim. -Voy, sizni ovora qilib qo'yibmiz- ku. Qo'ying, hozir dasurxonni o'zim olib kelaman. Siz mehmonxonaga chiqing ... Xijolat bo'lib ketganimdan o'shanda nima deyishni ham bilmay qoldim. O'rtog'im esa tinmay kulib, asabimga tegardi. Oshxonaga borib, qolgan narsalarni olib keldim. Ovqatlanayotib fikr-u xayolim, o'sha qizda edi. Eshikni ochganida, qo'lida ovqat bilan yerga qarab turgan nigohlari, hech xayolimdan ketmasdi. Nahotki sevib qoldim ??? Ovqatlanib bo'lganimizdan so'ng, biroz vaqt o'tib, oyim va dadam ham kelishdi. Meni xayolim esa, hali ham o'sha qizda edi. Yolg'ondan "Suv ichib kelay" deb xonamdan chiqib, uni bir bor uzoqdan bo'lsada, ko'rishga oshiqardim. Shu tariqa 2 - 3 soat tug'ilgan kun o'tdi. Singlimning dugonalari ketishayotganda ham, eshikdan sekingina qarab qo'yardim. Uni yana bir bor ko'rish uchun ... Anavi jinni o'rtog'im Elyor esa, ustimdan kulishdan to'xtamasdi. Dugonalari ketishdi. O'rtog'imni ishini bitkazib berdim. U ham ketdi. Keyin singlimni oldiga kelib, o'sha qiz haqida bilmoqchi bo'ldim. Aslida, qanday so'rashni, nima deyishni ham bilmasdim ... -Shahnoz ... -Labbay ? -Haligi ... -Nima akajon ? -Nima desam ekan ... -Xo'sh ? ... -Tug'ilgan kun yaxshi o'tdimi singlim ? -Ha rahmat. Xudoga shukur, hammasi zo'r o'tdi. Sizga ham rahmat. -Yaxshi. Xursandman ... -Akajon, negadir parishonxotirsiz. Nimadir bo'ldimi ? Menga nimadir demoqchiga o'xshaysiz. Tinchlikmi ishqilib ? -Tinchlik singlim. Hech gap bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Shunchaki o'zim. Men bora qolay. Ishxonaga ham bir o'tib kelaman shunday. -Xo'p, mayli akajon. Yaxshi boring ... Men singlimga aytolmadim. Jur'atim yetmadi. Yo'lda ketyapman-u, fikr-u xayolim o'sha qizda edi. Ismi nima ekan, qayerda turar ekan deb qiziqa boshladim. Ammo, qanday qilib bilishni, bilmasdim. Uyga qaytdim. Kechqurun oila a'zolarim bilan singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. O'sha kuni kechqurun, ko'zimga uyqu kelmadi. Eh Muhabbat ... O'ylay-o'ylay u haqda o'rtog'im Elyorga aytishga va dardlashishga qaror qildim. Ertasi kuni o'rtog'im bilan Xiyobonga chiqdik va bor gapni unga aytdim. (Davomi bor) Agar ota-onang rozi bo'lishmasa, buyerlardan qochib ketamiz ! (2- qism) Ertasi kuni o'rtog'im bilan xiyobonga chiqdik. Bor gapni unga aytdim. -Elyor, kecha uyimizga singlimni dugonalari kelganidan xabaring bor. -Xo'sh ? -Shu desang ... -Nima ??? -Haligi ... Sen o'shanda haq eding. -Nimani aytiyapsan o'rto ? -Ovqatni olib kelgan qiz ... -E, ha-a-a-a, bo'ldi. Xo'sh-xo'sh ??? -O'sha qiz, rostdan ham yuragimdan urdi ... -Ha-ha-ha-ha (Kulib ketdi) -Nega kulasan ? Elyor, shu kulguli gapmi ? -Voy, kechirasan o'rto. O'zimni tutib turolmadim. Bilasanmi Otabek, buni birinchi o'zgarib qolgan parishonxotirligingdan sezgandim. Ko'zlaring kimnidir qattiq sevib qolganingni ta'kidlab turardi. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan ? -Eh, hamma gap shunda-da ... U qizni tanimayman ham ... -Hmm ... Mayli siqilma o'rto. Bir iloji topilar. Aytgancha, Singlingni dugonasi ekan. Singlingdan so'rasangchi ? -So'ramoqchi bo'ldim, ammo jur'atim yetmadi. -Singling-ku axir ! So'rayvermaysanmi. Eh, senga ham qoyilman-da ... -Singlimdan uyalmay shuni so'rash, oson deb o'ylaysanmi ??? ... Shu so'zimni aytib, Elyorni oldidan turib ketdim. -Iye, qayoqga ? Shoshmasangchi ! Ortimga qaramasdan uyga keldim ... Shu ishimga jahl qilibmi bilmadim, Elyor hammasini o'zi aniqlabdi. Oradan 2 kun o'tib Elyor uyim keldi. Xonamga kirib, ozroq suhbatlashdik. -Otabek, qani telefoningni olib yozchi. -Nimani Elyor ? -Bitta nomer aytaman yoz. -Iye ... -Qani yoz-yoz ... -Nima uchun ? -E, yozsangchi tez-tez. Keyin aytaman. -Xo'sh ... -+998 ......... -Xo'p yozdim. Kimni telefon raqami bu ? -Maftunani. -Maftuna ? -Hmm ... -Kim-u Maftuna ? -Qalbingni, keyin aql-u hushingni o'g'irlagan qiznida ! -Nima ? Qanaqasiga ??? -Shunaqasiga ! O'zing ismini, kimligini bilmoqchi eding. Mana, senga birgina ismi emas, telefon raqami ham. Endi sevgingni unga bildir. -Qanday aniqlading buni ? -Uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma o'rto. Qani endi olg'a ! Bo'pti, men ketdim. Haliroq senga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini so'rayman. Omadingni bersin ! Elyor uydan chiqib ketdi. Men esa bir so'z deyolmadim. Chunki kutmagandim. Bu so'zlaridan bir quvongim kelardi, bir shubhalanardim. Shubham esa, asosli ekan. Keyinroq bilsam, Singlimdan so'rab, aniqlashtirgan ekan. Yolg'ondan: "U qiz meni kelajakda kelinoyim bo'ladi, nomeri kerak edi. Faqat o'zi bilmasin Shahnoz. U qizda 2 og'iz gapim bor edi, iltimos" deb, singlimdan qo'l telefon raqamini olgan ekan. Mayli, unga nima ham derdim. Har holda buni men uchun qilgan-u ... Shuni o'ylab biroz tinchlandim. Qo'l telefonimda uning raqamlari terilgan holda, ko'z o'ngimda turardi. Qalbimda esa "Maftuna" ismi jaranglardi. Eh Maftuna ... Meni o'ziga Maftun etdi ... Ismi, o'ziga juda ham mos ekan. "Maftuna" ... "Maftuna" ... "Maftuna" ... Yuragim tez ura boshladi. Telefonimdan Trupkacha belgisini bosdim ... Biron soniya o'tib, gudok keta boshladi. Yuragim esa, yanada tez urardi. Ammo go'shakni hechkim ko'tarmadi ... Yana qaytib qo'ng'iroq qilishga, haddim sig'madi va qo'ng'iroq qilmadim. Oradan yarim soatlar o'tar-o'tmas, menga qo'ng'iroq bo'ldi ... -Alo, Assalom, kim-bu ? ... -A-aaa ... Men ... Haligi ... -Shu nomerdan qo'ng'iroq bo'libdi menga. Kimsiz ? -Men, haligi ... Ha-ya, qo'ng'iroqni men qiluvdim. Uzr ... -Tushunmadim ? Nega uzr so'rayapsiz ? -Qo'ng'iroq qilib, bezovta qilganim uchun ... -Iye ... Kimsiz o'zi ? Qayerga telefon qilyapsiz ? -Ismim, Otabek ... Haligi ... Siz Maftunamisiz ? -Otabek ? Ha, Maftuna menman. Meni taniysizmi ? -Yo'q ... -Unda nega qo'ng'iroq qildiz ? Ee- ey, Kim bo'lsangiz ham, bu nomerga boshqa qo'ng'iroq qilmang !!! Tut ... Tut ... Tut ... Tut ... Shu tariqa telefonni o'chirdi. Shunchalik ham jahl qiladimi-a ? Og'zimga gap ham, kelmay qoldi. Biroz vaqt o'tib, menga qo'ng'iroq bo'ldi. Shoshib telefonimni oldim. Elyor ekan ... Unga nima bo'lganini gapirib berdim. U esa, meni koyiy ketdi ... Maftunaga boshqa qo'ng'iroq qilmadim. G'ururim yo'l qo'ymadi. Telefon qilib, nima ham derdim. "Tanishaylik" yoki "Men sizni sevib qoldim" derdim-mi ? Yo'q ! Men bunday qilolmayman ... Ko'p ham o'ylayvermaslik uchun, o'zimni korxona ishlari bilan chalg'itishga urundim. Baribir foyda qilmadi ... Boshim ish haqida o'ylasada, yuragim "Muhabbat" ni qo'msardi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi ... Qaysidir kun Elyor uyimiz kelib, menga zarur gapi borligini, uydan hechqayerga chiqib ketmasligimni tayinladi ... Elyordan yana shubha qila boshladim. Nimanidir rejalashtirgani aniq edi ... ORADAN 5 OY O'TDI ... -Alo ? Maftun, qayerdasan ? -Voo-oy, sizni 1 soatdan beri kutib o'tiribman-u ! O'ziz qayerdasiz ? Nega kelmayapsiz ? -Maftun, uyga qaytgin. Men borolmayman. -Nima ? Bu nima deganiz ? -Shunaqa bo'lib qoldi ... -Nima gap o'zi ? Tinchlikmi ? -Tinchlikga-tinchlikku-ya, lekin endi uchrasholmaymiz. Meni kechir ... -Axir ... Axir ... -Maftun, Ortinga bir qarachi ! Ortida men telefonim bilan turgandim. Uni bir hazil qilib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Ortiga qayrilib, meni ko'rishi bilan, suyunib ketdi. Lekin bildirmay, jahl qila boshladi ... -Nega bunaqa qilasiz ? -Voy, hazillashdimku ! -Shunaqayam hazil qilasizmi axir ? -Bo'ldi-bo'ldi, bir tomchi qonimdan keching malikam ! -Yo'q ! Malikam demang endi ! Kechmayman ! -Boshqa takrorlanmaydi Maftun. So'z beraman ! Darrov arazlaysan- a ... -Ha arazlayman ! Qo'rqib ketdim- ku ! ... -Qo'rqma beg'uborim, seni hechqachon tashlab ketmayman ! Men hamisha yoningdaman. Qaysidir kinoda aytardi, "Oldinga kelmagan kunim, o'lgan kunimdir !" O'lim yoqasida bo'lsam ham, kelaman beg'uborim. Qani kelchi, ko'z yoshingni artib qo'yaman. -Oh-ho, yangi ijod namunalarizdan birimi-bu ? Doim shunaqa samimiy gapirib, bir zumda ko'nglimga taskin bera olasiz. (kulib) Otabek aka, faqat o'lim haqida gapirmang, xo'p. -Mayli beg'uborim, boshqa bu so'zni aytmayman. Nima desang, shu bo'ladi. -Rahmat. Ajoyibsiz-da ... Nega kech qoldiz ? -Ha-aa, ishxonadan chiqib kelyapman. Shunga biroz kech qoldim. Uzr kuttirib qo'yganim uchun. -Hechqisi yo'q. Tushunaman. -Tushunganing uchun ham, seni qattiq yaxshi ko'raman-da ... Aytgancha Maftun, hozir sentyabr oyi-ha ? -Ha. -Demak, 5 oy bo'libdi. -Nimaga 5 oy bo'libdi ? -Tanishganimizga ... -E, haa-a ... To'g'ri ... -Birinchi uchrashuvimiz yodingdami Maftun ? -Ha yodimda. (Kulib) -Rosa kulguli bo'lgandi o'ziyam. Elyor o'rtog'im, bizni atayin uchrashtirgandi. Singlimga aytib, seni biznikiga chaqirtirgandi. Senga yolg'ondan "Tikish-bichishga yordamlashgin" deb ... -Hmm, o'zim ham hayron qolgandim. Chunki singliz bilan qalin dugonamiz-u, lekin biron marta ham, birga tikish tikmaganmiz. -Ha ... Elyor bizni atayin uchrashishimiz uchun, turli xil rejalar qilib qo'ygan ekan. -Men uyizga borganimda, boshida ancha cho'chiganman. -Bilgandim Maftun. Hech o'ylamagandim, o'rtog'im Elyor tuzgan rejalar sabab tanishib ketamiz deb. Seni uchratganimdan baxtliman beg'uborim ! Allohga shukur ! -Men ham ... To'g'risini aytsam, sizni birinchi bor ko'rganimda, qanaqadir tuyg'ularni his etgandim. -Yo'g'ey ? Rostdanmi ? -Ha, rost ... -Qiziq, aslida men seni birinchi bor ko'rganimda, g'alati bo'lib qolgandim. -Xooo-oo, shunaqa bo'lganmidi ? -Ha-da ... Ovqatni olib kelganing yodingdami ? -Yodimda ... Singliz Shahnoz qo'limga tutqazib, shu xonaga kiritib bergin degandi. -Sen esa "Xo'p bo'ladi" deb olib kelding, shunaqa-mi ? -Shunaqa ... -Voy, o'lib turgan ekaningda-a ? Ikkalamiz ham, kulib yubordik ... Shunda Maftun birdan kulishdan to'xtadida, o'zini dadil tutib, so'z boshladi: -Hecham-da ! Ko'zim uchib turgani yo'q edi. Singlingiz iltimos qilgani uchun, "Xo'p bo'ladi" emas, Xo'p degandim xolos. -Hazil qildim Maftun. Senga ishonaman. -Rahmat. (Kulib) -Keyin nima bo'lgandi bilasanmi ? O'sha voqeadan so'ng, ikki kun o'tib senga qo'ng'iroq qiluvdim. Sen esa, jahl qilib ketganding. -Ha endi, o'shanda sizni tanimasdim-da ... Voo-oy, Otabek aka, men ketishim kerak. Hozir oyim qo'ng'iroq qilib qolishlari mumkin. Dugonamnikiga tezda borib kelaman degandim. Bugun manti qilamiz degandila oyim. Shunga vaqtliroq borib, tayorgarlik ko'rishim kerak. Keyin, shu kunlarda dadam mendan shubha qila boshlaganla. Bormasam bo'lmaydi ... -Iye, darrov ketasanmi ? Ha, Manti degin. -Hmm, kechqurun keling. O'zim tayorlayman. Qanaqa chiqganiga baho berardiz. -Xuddi bundan oldin men uying borganday gapirasan-a. Ko'nglim uchun aytganing uchun, juda ham xursandman. Nasib qilsa oila qursak, bir qo'lbola manti qilib berasan. Kelishdikmi ? -Kelishdik. Aytganiz kelsin ilohim. -Bo'pti, seni kuzatib qo'yaman. -Yo'q, siz ham endi ishizga boraqoling. Ishxonadan kelgansiz. Yordamiz kerakdir. -Xo'p ... Lekin Maftun, negadir xomush ko'rinasan ? -Yo xomush emasman ... -Biron gap bo'ldi-mi ? -Hechnima bo'lgani yo'q. Hammasi joyida. -Aha, Mayli. Unda sen ham boraqol. Uyga yetib olganingda qo'ng'iroq qil xo'pmi ... -Xo'p. Ishlarizga omad tilayman. O'zizni ehtiyot qiling. -Rahmat Maftun ... Sen ham o'zingni ehtiyot qil. Ko'rishguncha ... -Xo'p. Ko'rishguncha ... Xayrlashib ishxonaga qaytdim. O'shanda juda ham xursand edim. Chunki, Sevgan insonim oldimda. Uning beg'ubor tabassumi, hazilomus xafa bo'lishlari, bir- biridan ajoyib so'zlari, meni chin oshiq kabi, telba qilardi. U ham meni ishonchimdan baxtli edi. Bilasiz, hayot bir to'kis emas. Hamisha, biz xohlagandek bo'lavermaydi. Buni yaxshi bilganim uchun, barcha qiyinchiliklarga tayyor edim. Maftunani ota-onasini xabari yo'q edi. Ya'ni, bizni sevgimiz haqida bilishmas edi. Maftuna menga ko'p bor aytardi, "Dadam eng yaqin bir og'aynilarini o'g'liga meni mo'ljallayaptila, nima qilamiz ?" deb. Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... (Davomi bor) Agar ota-onang rozi bo'lishmasa, buyerlardan qochib ketamiz ! (3- qism) Maftun qo'rqib, dadasiga ham, onasiga ham "Sevgan yigitim bor" deb aytolmasdi. Biz yashirincha gaplashib yurardik. Ammo, bu hol qachongacha ? Bir kun kelib, buni bilishlarini, Maftuna ikkimiz juda ham yaxshi bilardik. Shuni o'ylab, Maftuna ko'p yig'lardi. "Nahotki biz ham, boshqa sevishganlar singari birga bo'lolmaymiz ?" deya ... Uni ovutish maqsadida "Bizni faqatgina O'lim ayirishi mumkin" derdim. Aynan shu gaplarimga, Shayton: -"Chuchvarani xom sanabsan, Jo'jani kuzda sanaymiz" degandir ... Kechga yaqin, ishxonadan chiqib, uyga qaytayotgandim. Bir payt telefonim jiringlay boshladi. -Alo ? Eshitaman ? -Otabekmisan ? -Salom, ha Otabekman. -Valekum Assalom. Bo'shmisan ? Gaplashib olishimiz kerak. -Tushunmadim ? Kimbu o'zi ? -Maftunani taniysanmi ? -Maftunani ? Ha taniyman. -Maftuna kim bo'ladi senga ? -Iye, kim bu o'zi ? Nega so'rayapsiz ? -Men Maftunani otasiman. -A ... Nima ? ... Buni eshitib, qattiq shokga tushdim. Nima deyishni bilmay, qotib qoldim. Maftunani otasi meni ismimni, telefon raqamimni qayerdan bilibdi deya o'zimga-o'zim savob bera boshladim. Maftunani otasi men bilan yuzma-yuz gaplashib olishi kerakligini aytib, bir manzil berdi. Xo'p deb, aytilgan manzil tomon otlandim. Yo'lda ketyapman-u, yuragim qandaydir qo'rquv sezganday, tez ura boshladi. Eh, nima desam ekan endi otasiga ? ... "Qizizni sevaman, uylanmoqchiman deymanmi ?" ... 20 minutlar o'tib, aytilgan manzilga yetib bordim. Kech tushib bo'lgandi. Atrof qop- qorong'u. Qanaqadir eski uylar, endi qurilayotgan uchastkalar ... Xullas yetib bordim. G'ishtlar ortida bir mashinaga ko'zim tushdi. Asta- sekinlik bilan mashinaga yaqinlasha boshladim. Bir payt, mashinadan bir govdali kishi tushdi va men tomonga qarab turardi. U Maftunani otasi edi. Kelib salomlashdim. Otasi menga birin- ketin savol bera boshladi ... -Qayerdansan ? -Men ... Haligi ... .....dan. -Tushunarli. Hoynahoy Ismimni, telefon raqamimni, qayerdan bilibdila deb o'ylab turgan bo'lsang kerak. Maftuna bugun mehmonxonaga telefonini zaryadkaga qo'ygan ekan. Kelsam, telefoni musiqa chala boshladi. Ozroq kutdim, musiqa o'chmadi. Odatda qizimni telefoniga tegilmasdim. Bu safar olib, musiqani o'chirmoqchi bo'ldim. Sms kelgan ekan. Qiziqib ochib ko'rmoqchi bo'ldim. Chunki sms kimdan kelganligini ko'rsatadigan joyda, "Jurnalistim" yozuvi turardi. Kim ekan deb ochdim. Qanaqadir sevgi izhorimiyey, she'rmiyey yozilgan ekan. Oxirida esa, Otabek yozuvi turardi. Shunda barchasini tushundim-ki, Maftunani hayoli o'qishda emas, sevgida ekan ... Jurnalistmisan ? -Aaa-a ... Haligi ... Yo'q, hechqanaqa jurnalist emasman. Haligi ... Qizingiz, meni shunday deb chaqiradi. Aypki buyurmaysiz ... -Hmm ... Qizim bilan, qachondan tanishsizlar ? -A ... Haligi ... -Namuncha haligilading ?Xo'sh ? -Uzr ... 5 oycha bo'ldi. -5 oy degin ? Tushunarli. Shuncha paytgacha yashirib kebsizlarda. Nima, bundan keyin ham yashirincha gaplashib yurmoqchimidizla ? -Kechiring ... Oldinroq aytishga jur'atimiz yetmadi ... -Jur'atimiz yetmadi de ... Unda qachon yetardi ? Tuyani dumi yerga tekgandami ? Hmm ... Hozir aytadigan gaplarimni ikki qulog'inga ham, yaxshilab quyib ol. Maftuna qizimni, bir oshnamni o'g'liga beraman ! U bilan qalin oshnamiz. Bir paytlar, bolalarimiz tug'ilganda, ikkimiz ham, bir yilda farzandlik bo'lgandik. Avval u o'g'illik bo'ldi. Oradan 3 oy o'tib, men qizlik bo'ldim. Ya'ni Maftuna qizim tug'ildi. Shunda o'rtog'im bilan, ahdlashganmiz, bolalarimiz katta bo'lishsa, quda bo'lamiz deb. Nima demoqchiligimni tushungandirsan-a ? Ortiqcha hoy-u havaslarga berilmasdan, u bilan oralaringni ochiq qil ! Bu yurishlaring barchasi befoyda ! Shunda o'zinga ham yaxshi bo'ladi. Bekorga vaqtingni sarflab, urinma. Maftuna men aytgan odamning uyiga kelin bo'ladi ! Shuni unutma yigitcha !!! -A ... ... ..... . ... ... Bu so'zlar, yuragimga shu qadar og'ir botdiki, nafasim ortga qaytdi. Axir, qanday qilib sevgimdan voz kechardim ? Shu savol ich-etimni kemira boshladi. Xuddi, qalbimni yulib olishgandek bo'ldi. Qo'limga bir tomchi suv kelib tushdi. Nahotki men yig'layapman ? Ko'zimdan yosh chiqganini hatto sezmadim. Bu ko'z yoshimmi ? Yoki yuragimdan qon, ko'z yosh bo'lib chiqyaptimi ? Otasiga nima deyishni bilmay, turgan joyimda toshdek qotdim ... Maftunani Otasi esa, mashinaga o'tirdi-da, endi ketmoqchi bo'lib, birdan to'xtadi. Mashina oynasini tushurib: -Ha, yana bir gap, bu yerga kelganimni, uchrashganimizni, Maftuna bilmaydi. Sen ham bu haqda unga gapirmaysan. Men ham unga hechnarsa demayman. Bu gaplar o'rtamizda qolsin, tushunarlimi ? O'zing bir ilojini qilib, u bilan orangni ochiq qil ! Shunday qil-ki, Maftuna seni ko'z yoshsiz unutsin. Telefon raqamingni o'zgartirasanmi, buyerlardan ko'chib ketasanmi, o'zing bilasan. Agar qizimni ko'zida bir tomchi ko'z yosh ko'rsam, mendan yaxshilik kutma ! Omon bo'l !!! Shu so'zlarni aytib, Maftunani otasi ketdi ... Ko'z oldim qorong'uda yanada qorong'ulashib ketdi. Qalbimdagi sevgiga, armon xanjar sanchgandek bo'ldi. Go'yo, yuragimdan ayirishgandek, turgan joyimdan qimir etmay, qotib qoldim. O'z-o'zimga savol bera boshladim. Bu nimasi axir ? Taqdir ustimdan kuldi-mi ? Ahdlashganman, dedilami ? Otasini va'dasi deb, beg'ubor sevgimizdan endi voz kechamanmi ? Nima uchun ? Uni taqdiri, o'zgaga oldindan taqdir qilingan ekan, nega taqdir bizlarni qalbimizni birlashtirdi ? Hammasiga aybdor o'zim. Uni sevib qolgan o'zim. Gapirgan ham o'zim. Allohim, o'zing sabr ber menga ! Endi nima qilaman ? Sevgimni unuta olamanmi ? Shu savollar bilan yarim kechada uyga yetib keldim. Uydaman, lekin ko'zimga uyqu kelmadi. Ertalabgacha o'ylab chiqdim. Erta tongda ko'zim ilinib uxlab qolibman. -Akajon ? ... Tura qoling, nonushta tayyor. Akajon ? -A ? ... Ha-ya ... Hozir. -Nega buyerda yotibsiz ? Nega o'rnizda yotmadiz ? -Ha, haligi ... O'rnimda edim, biroz vaqtli turib, shuyerga o'tirgandim. Ko'zim ilinib qolibdi. Shahnoz, soat nechchi bo'ldi ? -Hozir qaraychi ... 8:15 bo'libdi. -Men ketdim. Oyim va dadam qayerdala ? -Uydala, qayerga shoshilyapsiz ? -Ishga ketdim. -Voy, nonushta qilmaysizmi ? Namuncha shoshilmasangiz ? -Yo'ldan biron nima yeb olarman. Bir zarur ishim bor edi. Men orqa eshikdan chiqib ketaman. Dadam so'rasalar, ishga ketdila degin xo'p singiljon ? -Voy, nimalar bo'lyapti o'zi akajon ? -Keyin aytaman. Bo'pti men ketdim ... Qo'l yuzimni yuvib, to'g'ri istirohat bog'iga otlandim. Maftunaga telefon qilib, o'qishga bormay, birinchi uchrashib olishimiz kerakligini aytdim. Biroz xavotirlanib, u ham yo'lga chiqdi. Istirohat bog'idagi o'rindiqlarning birida o'tirib, nima qilish haqida o'ylay boshladim. Maftunga nima deyman ? ... Garchi og'ir bo'lsada, men sevgimdan voz kechib ketishim mumkin. Ammo beg'uborim voz kecha oladimi ? Buni yuragi ko'tara olarmikan ? Eh, bu kabi o'ylovlar yurak bag'rimni tilka-pora qilmoqda ... Bir payt kimdir qo'li bilan, ikki ko'zimni yopib oldi ... -Topingchi kimman ? -Voo-oy, hechnarsani ko'rmayapman-ku. -Shuning uchun ham aytiyapman- da, xo'sh, kimman ? -Bu nozikkina qo'llar, faqatgina meni beg'uborimda bor ! Meni Maftunim ! -Ooo-o, zo'rsiz-u ! Baribir bilib oldiz- a ... Qalesiz ? Kutdirib qo'ymadimmi ? -Yo'q, o'zim ham endi keldim. -Unda yaxshi. Otabek aka, negadir ko'zlariz qizarib ketibdi. Tinchlik- mi ? -Tinchlik Maftun. Kechqurun biroz yozishlarim bor edi. Ko'p o'tirganimdan bo'lsa kerak. -Xoo-o, birdan ilhom kelib qoldimi deyman ? -Yo'q, ish yuzasidan yozishlarim bor edi ... -Voy, nega buncha ko'p ishlaysiz ? O'zizni uruntirmang. Shunchalik zarurmidi ? Ertasi kuni ham yozaverardiz. Bunaqada, kasal bo'lib qolasiz-u ! Iltimos, o'zizni asrang. -Xo'p Maftun ... -Endi gapiring, nega o'qishga bormasligimni, uchrashishimiz kerakligini aytdiz ? Tinchlikmi ishqilib ? -Tinchlik Maftun. Negadir seni ko'rgim keldi ... -Xayriyatey ! Biron gap bo'libdimi deya, qo'rqib ketibman. Otabek aka, negadir kayfiyatiz yo'q ? Rostdan ham, hechgap bo'lgani yo'qmi ? -Ha, hechgap bo'lgani yo'q. Shunchaki o'zim. Hammasi joyida. -Negadir unaqaga o'hshamayaptida ... Ha mayli, qani bo'lmasa, bitta tabassum qiling-chi ! Qani-qani-qani ko'rmayapman. -Xo'p ... -Bu boshqa gap. Kayfiyatizni tushurmang. -Maftun ? ... -Labbay ? -Bir ikkita savol beraman, javob bera olasanmi ? -Xo'p, harakat qilaman. Qani aytingchi ... -Shunchaki tasavvur qilib, javob ber xo'p ?! -Xo'p bo'ladi. -Maftun, tasavvur qil, agar taqdirda yo'limiz ayro bo'lsa, nima qilarding ? Ya'ni, agar birga bo'lolmasak ? -Voy Otabek aka, Xudo saqlasin- ey ! Nega unaqa deyapsiz ? -Shunchaki o'zim. Shu mavzuga fikringni bilmoqchi edim xolos. Xo'sh, fikringni aytchi ... -Otabek aka, bu savolni bir berdingiz, boshqa bermang iltimos ! Shundog'am bu haqda o'ylasam, yuragim qattiq og'riy boshlaydi. Undan ko'ra, baxtli kunlar haqida fikrlashaylik ... -Maftun, sen shu savolimga fikringni ayt bo'ldi, bu haqda boshqa umuman so'ramayman, gapirmayman ham ! So'z beraman ! -Faqat boshqa bu haqda gapirmaslik sharti bilan ! -Xo'p ... Qani endi fikringni aytchi ... -Odatda yashirincha gaplashamiz, lekin bir kun kelib dadam bilib qolishlaridan qattiq qo'rqaman. Qachondir bilishlari aniq. Lekin men sevgimdan ayrilishni xohlamayman ! Avval aytib o'tganimdek, dadam o'zlarini og'aynilarini o'g'liga, meni mo'lljallayaptila. Lekin u bolani dadam bilmaydila. U juda ham qo'pol, qanaqadir mafiyalarga, g'arazli kishilarga o'xshaydi. Bilasizmi, sizga aytmagandim, bir kuni o'sha bola va uni oila a'zolari uyimiz kelgandi. Dadam bizlarni atayin uchrashtirmoqchi bo'ldila. Lekin men gaplashmadim. Menga qo'pol-qo'pol muomilalarini, bezbetligini eslasam, undan nafratlanib ketaman. Qanday qilib unga turmushga chiqishim mumkin ? Dadam ham, bir gapga turib olganla, "Shu yigitni kuyov qilaman" deb. Qanaqadir va'da qilgan ekanla o'rtog'lariga. Lekin men, qanaqadir va'dani deb, sevmagan insonimga turmushga chiqishim kerakmi ??? (Yig'lab yubordi) Sizdan ayrilib qolishim haqida o'ylasam, yuragim negadir tinmay og'riy boshlaydi. Sizdan ayrilishni istamayman Otabek aka ! Dadam nima desala ham, men faqat sizni deyman ! U bola bilan baribir baxtli bo'lolmayman. Unga majburan berishsa, sizsiz begona xonadonda yashay olmayman. Undan ko'ra o'lga ... ..... -Jim !!! O'lim dema beg'uborim ! Axir shu so'zni yomon ko'rarding-ku ! Nega endi o'lim deyapsan ? -Nima qilamiz unda Otabek aka ? Nega siz ham yig'layapsiz ? Siz yig'lamang ! -Yig'lamayapman Maftun. Menga e'tibor berma. Sevishganlarning ko'p qismati .... afsuski "Ayriliq" bilan tugaydi. Men shunchaki bu mavzuga fikringni bilmoqchi edim. Bo'ldi, fikringni bildim. Hammasi joyida beg'uborim ! Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday bo'ladi ! Maftun, qo'ygin yig'lama. Ko'z yoshlaringni baxtli kunlarimizga asrab qo'ygin xo'p ? Inshaalloh bu quvonch ko'z yoshlari bo'lsin ! Maftun, avval ham aytganman, hozir ham aytaman: "Bizni faqatgina o'lim ayirishi mumkin !" O'zim ham O'lim deyapman-mi ? ... Allohim o'zi meni kechirsin-u, sendan ayrilgandan, sensiz o'zgasi bilan baxtsiz yashagandan ko'ra, umrim hazon bo'lsin !!! (Davomi bor) 4-QiSM Buyerlardan qochib ketamiz, albatta ketamiz ! (4-qism) Maftunani o'qishiga kuzatib qo'ydim va ishga qaytdim. Ishxonadaman-u, lekin hayolim ishda emas ... Hayolim parishon edi. Buni dadam sezib, uyga borib, biroz uxlab olishimni ta'kidladila. Kimlardir menga gapiryapti, lekin, hayolimda o'ylovlar kuchliligidan, hechkimning gapini eshitmasdim. Ishxonadan chiqib, uyga qaytdim. Xonamga qamalib olib, nima qilish kerakligini o'ylay boshladim. "Ey Allohim, menga madad ber ! Bunday vaziyatda nima qilishim kerak ? Qanday yo'l tutay ? Menga yo'l ko'rsat, Robbim !" Qanday qilib bo'lmasin, aniq bir yo'lni tanlashim kerak ... Bir payt, xonam eshigi taqqillay boshladi ... -Akajon, eshikni oching ! Iltimos, nega qulflab oldiz ? Ocha qoling, iltimos ... -Shahnoz, hozir gaplashadigan ahvolda emasman. Biroz yolg'iz qolmoqchiman. Keyin gaplashamiz. -Yo'q ! Hozir gaplashamiz ! Sizga nimadir bo'lgan. Xavotirlanib ketyapman. Oching eshikni ! ... -Hechnima bo'lgani yo'q singlim ! Yolg'iz qolmoqchiman dedim-ku, biroz charchaganman. -Akajon, bir-ikki og'iz gapim bor xolos. -Iltimos singlim, keyin gaplashaylik ! ... -Yo'q ! Gaplashmasam, ketmayman ! Nega bunaqa qilyapsiz ? Ocha qoling eshikni. -Ob-bo, namuncha qaysarsan-a ? Xo'p, hozir. Kiraqol ... -Rahmat akajon ! (Kulib) -Xo'sh, nima gaping bor ? -Sizga nimadir bo'lgan. Sezib turibman ... -Hechnarsa bo'lgani yo'q menga ... -Maftuna bilan arazlashib qoldingiz-mi ? -Shuni so'rash uchun, keldingmi singlim ? -Yo'q, unday emas ! Sizdan xavotir oldim. Sezib turibman, nimadandir qattiq xavotirdasiz va o'sha xavotirni, ichingizga yutyapsiz. Akajon, nima bo'ldi ? Iltimos, mendan yashirmang. Shu paytgacha, bir-birimizdan hechnarsani sir tutmaganmiz. Endi nega sir saqlayapsiz ? Bu bilan o'zizni yanada qiynayapsiz. Nimagadir tushkunlikga tushib qolgansiz ... -Singiljon, menga hechnima bo'lgani yo'q. Xavotir olma. Ko'rib turibsan, soppa-sog'man. Faqat charchaganman xolos. Endi boraqol. Men uxlamoqchiman. Keyinroq bafurcha gaplashamiz xo'p. -Yo'q ! Ketmayman ! Nimadan xavotirda ekanizni aytmagunizcha ketmayman ! -Shahnoo-oz !!! Nega buncha qaysarsan ? Axir keyin gaplashamiz dedim ! -Xo'p ... Yaxshi yotib turing ... (Xafa holda) -Singiljon, meni kechir. Biroz qizishib ketdim ... Men ahmoqni kechir, iltimos ... -Hechqisi yo'q akajon. Xohlamasangiz mayli, keyinroq gaplasharmiz. -Kel, o'tiraqo. Mayli gaplashamiz singlim. To'g'ri, meni eng yaxshi sirdoshimsan. Bu uchun senga mingdan-ming rahmat. Biroz dardlashaylik. Sen haqsan. Ichimdagi xavotirni, ichimga yutyapman. Bilmadim, to'g'ri qilyapmanmi, yo'qmi ... Bir birimizga chin mehribon bo'lib, katta bo'ldik. Esingdami, yoshligimizda dadam meni urishayotganlarida, kelib meni himoya qilganding. "Akamda ayb yo'q, urushmang" deb ... -Esimda akajon. O'shanda sizga jahl qilayotgan edila. Bunga qarab turolmagandim. -Shundan so'ng, qalbimda senga nisbatdan o'zgacha mehr uyg'ondi. Sendek singlim borligidan doim quvonaman. Senga bo'lgan ishonchim, ummondek cheksiz ! Shu uchun ham, sendan bor dardlarimni yashirmaganman. Oyim va Dadamdan ham, ko'proq sen bilan chiqishaman. Minnatdorman singlim. -Qo'ysangiz-chi akajon. Shunga ham rahmat deysizmi ? Singilingizman, sizni hurmat qilish, meni burchim va bundan faxrlanaman. Qolaversa siz ham, shu kungacha menga mehribon aka bo'lib keldingiz. Har doim yaxshi muomilada bo'lgansiz. Nimanidir olib bering deganimda, bir marta ham, yo'q demagansiz. -Iye, yolg'on gapirmang singiljon ! Yo'q derdim-ku ! -Xooo-o, yo'q deb meni qo'rqitardiz- da, ertasi kuni keltirib berardiz. Manashu xarakteriz biram ajoyib- ki ... -Hmm ... -Sizni juda ham yaxshi ko'raman. Oyim va dadamdan ham ko'proq, sizni yaxshi ko'raman akajon ! Bu gaplarimdan erib ketmang tag'in ?! -Hey-hey-hey, bo'ldi ! Ko'p maqtab yubormadizmi singiljon ? Hozir muz kabi, erib ketaman-ku ... Rahmat singlim. -Yana nima uchun rahmat deysiz ? -Ko'nglimni biroz bo'lsada, ko'targaning uchun. -Hechqisi yo'q akajon. O'zingiz menga aytardiz-ku, "Doim kulib yur, nima bo'lgan taqdirda ham, qalbingdan quvonch ruhini so'ndirma" deb. Men xuddi siz aytganizdek qilyapman. Hozir shu gaplarni o'zingizga ham aytgan bo'lardim. Doim kulib yurishizni istayman akajon ! -O'zimni mehribon singlim. Barchasi uchun rahmat senga. -Sizga ham rahmat akajon ! Endi ayting, nimadan buncha xavotirdasiz ? -Aa-a ... Haligi ... -Xo'sh ? -Ko'p ishlabman shekilli. Boshim og'ridi. Shunga biroz yolg'iz qolmoqchi edim. -Rostdanmi ? -Ha, rost ... -Akajon, tilingiz yolg'on so'zlayotgan bo'lsada, ko'zlaringiz haqiqatni ta'kidlab turibdi. Nega yolg'on gapiryapsiz ? Bilib turibman, Maftuna bilan janjallashib qolgansiz. Shunaqami ? -Yo'q, unday emas ! Qayerdan olding bu gapni ? -Unda nega g'amginsiz ? Bundan boshqa sabab ham bo'lishi mumkinmi ? -Haligi ... Singlim, kel shu haqda gaplashmaylik. O'zingdan gapir, o'qishlaring yaxshimi ? -Akajon, gapni boshqayoqga burmang. Baribir aytmadiz-a ? Ha, mayli. Maftunadan so'rayman "Akam nega g'amginla, o'rtangizda biron gap bo'ldimi ?" deb. -Yo'o'q ! Singiljon, unga indamagin. Shundog'am u ko'p qiynalyapti. Uni battar azobga qo'yma, iltimos ! -Unda, nima gapligini ayting ? -Xo'p, aytdim ham deylik, senga nima naf bundan ? -Vooy, nega unaqa deysiz ? Singlizman-ku ! Dardingizni aytib, biroz yengil tortarsiz deyman-da. Bunaqa ichizga yutaversangiz, kasal bo'lib qolishiz tabiiy. Men buni xohlamayman. Mayli menga aytmasangizda, do'stingiz Elyorgami, Jamshidgami birortasiga ayting, to xonangizga qamalib olguncha ... -Xo'p xonimafandi, boshqa istaklari yo'qmi ? -Voy, kesatmang ! -Shahnoz ? -Labbay akajon ? -Bo'pti, senga aytganim bo'lsin. Faqat aytadigan gaplarim, Oyim va Dadamni quloqlariga borib yetmasin. Kelishdikmi ? -Kelishdik ! ... Singlimga, Maftunani otasi bilan uchrashganimni, qaltis vaziyatda qolganimni hammasini aytib berdim. Singlim biroz o'ylanib qoldida, so'z boshladi: -Akajon, shuncha dardingiz bor ekan, bir og'iz ham gapirmaysiz. Sizga hozir qanchalik og'ir ekanini tushunib turibman. Ochig'i, men ham, bir nima deyishga o'ylanib qoldim. Balki otasi bilan uchrashganizni Maftunaga aytganiz yaxshidir ? Nima deysiz ? -Yo'q. Maftun buni ko'tara olmaydi. Jahl ustida o'zini biron nima qilib qo'yishdan qo'rqaman. Otasi va'dasidan qaytmoqchi emas. -Unda, yana bir yo'li bor. -Qanaqa singlim ? -U yigit bilan gaplashing. -Qaysi yigit bilan ? -Otasini qalin oshnasini o'g'li, kuyov qilishmoqchi bo'lishayotgan yigit bor-ku, o'sha bilan ... -Xo'sh, keyinchi ? -U yigitga tushuntiring, Maftunani yaxshi ko'rishizni, Maftuna ham sizni yaxshi ko'rishini ayting. Agar yaxshi inson bo'lsa, sizni albatta tushunadi. -Yaxshi inson deysanmi singlim ? Qaniydi shunday bo'lganida ... -Iye-ha ? Unday emasmi ? U yigitni ko'rganmisiz ? -Yo'q, lekin Maftunani aytishicha, u juda ham qo'pol, qanaqadir g'arazli kishilarga o'hsharkan. Seningcha, bunday kishilar sevgini tushunarmidi ? -Vooy ... Buyog'i yomon bo'libdi- ku ... Mayli, nima bo'lganda ham, bir gaplashib ko'ring. Noumid shayton deydilar. Zora tushunsa ... -Xo'p singlim. Gaplashganim bo'lsin. -Manabu boshqa gap ! Ko'p ham siqilmang. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. -O'zimni aqilli, mehribon singlim. Minnatdorman ! Sen bo'lmaganingda nima qilardim ... -Qo'ysangizchi akajon. Meni o'rnimda boshqa birov bo'lganda ham, yordamini ayamasdi. -Baribir sen boshqachasan singlim. Boringa shukur ! -Sizni ham borizga shukur akajon. Xo'p, men ketdim. Siz biron soat mizg'ib oling. Hozir tort pishirishni boshlayman. Tayyor bo'lgandan so'ng, sizni uyg'otaman xo'p ?! -Tashakkur singiljon ! Ko'nglim ancha taskin topdi. -Xursandman akajon. Bo'sh kelmang ! Shu so'zlarni aytib, Singlim xonadan chiqib ketdi ... O'shanda singlim menga eng katta dalda bo'la oldi. Uning so'zlaridan, qalbimda qanaqadir umid uchqunlari paydo bo'ldi. Shundan so'ng, o'sha bola bilan gaplashishga qaror qildim. Ammo u bolani qanday topsam ekan ? ... Maftundan uyini manzilini so'rasammikan ? ... Elyor bilan bog'lanib, unga ham bor gapni aytdim. U bola bilan uchrashish yo'lini qidira boshladik. Elyor, Maftunadan so'rashimni ta'kidladi. "U bola bilan, ish yuzasidan uchrashmoqchi edim" deb ayt dedi. Oxiri rozi bo'ldim. Boshqa ilojimiz ham, yo'q edi. Maftunaga qo'ng'iroq qilib, turli bahonalar bilan, bir amallab u bolani manzilini oldim. Vaqtni ketkazmay, o'sha zahotiyoq, Elyor bilan yo'lga chiqdik. Uyi biroz uzoqda ekan. Chamasi 1 soatlarda mashinada yetib bordik. Hashamatli qurilgan uy, atrofida 4 ta 5 ta mashina, ulkan favora ... Xullas boy-badavlat ekani yaqqol bilinib turardi. Uyidan, 50-100 metr uzoqroqda turib, kuzata boshladik. O'rtog'im borib, u bola uyda bor- yo'qligini bilib kelishini aytdi. Xo'p deb, biroz kutib turdim. Elyor ularning darvozasi tomon borib, uy qo'ng'irog'ini bosdi va kim bilandir videosignal orqali gaplasha boshladi. Biron daqiqa o'tib, Elyor qaytib keldi. Undan nima bo'lganini so'radim. Elyor ularning xizmatchisi bilan gaplashganini va yaqin orada uyga kelishini aytdi. Shu yerda turib, uning kelishini kuta boshladik. Chamasi bir yarim soatlar kutib turdik. Vanihoyat u bola uyga keldi. Mashinadan tushayotgan vaqtda, Elyor bilan uning oldiga bordik. Maftuna aytganicha bor ekan. U qanaqadir g'arazli kishilarga o'hshardi. Gaplashib olishimiz kerakligi haqida ko'rsatma berib, telefon raqamimni berdim. Bo'sh vaqtida qo'ng'iroq qilishini ta'kidladim. U bola nima gapligiga qiziqib, "Hozir bo'shman, gaplashamiz" dedi. Ha mayli, bir tomondan shunisi ham yaxshi. Unga 2 soatdan so'ng, kafeda kutishimni aytdim. Yo'q demadi va rozi bo'ldi. Elyor bilan uyga qaytdik. Elyorni uyiga qo'yib, o'zim ham uyga qaytdim. Oradan hali 1 soat o'tar-o'tmas, u bola menga qo'ng'iroq qilib, aytgan kafemda kutib o'tirganini aytdi. Shunchalik ham qiziqqon bo'ladimi ? Men ham yo'lga chiqib, kafega yetib bordim. Xuddi kimnidir yeb qo'ygudek, atrofga sovuqqonlik bilan, tikilib turardi. Oldiga bordim. Biroz suhbatlashdik ... -Kimsan ? Menda nima gaping bor ? -Birinchidan, senlamasdan gapir ! Sendan 3 yosh kattaman ! Hurmat qilsang, men ham hurmat qilaman ! -Nima ? Menga buyruq beryapsanmi ? Qanday gaplashsam, shunday gaplashaman ! Ishing bo'lmasin. Endi muddooga o't ! Menda nima ishing bor ? -Ha mayli, hurmat qilmasang o'zingga ! Muomilangga yarasha, muomila ko'rasan ! Muddooga o'tsam, Maftuna haqida gaplashib olmoqchi edim. -Nima ??? Maftunani sen qayerdan taniysan ? Kimsan o'zing ? -Qizishma ! Hozir hammasini aytib beraman. Unga bor gaplarni gapirib berdim. Maftunani ko'ngli menda ekanini, meni ko'nglim esa, Maftunada ekanini birma-bir aytdim. O'ylagan narsam bo'ldi ... Sevgini tushunmasa kerak deb o'ylagandim. Ha o'ylaganimcha bo'ldi. Sevmagandan keyin, sevgini qayerdan bilsin ? Tag'in "Maftuna, mani sevgilim, uni sevaman" deyishiga o'laymi ? Meni tushunmay, dag'dag'a qilib ketdi ... -O', menga qara, Maftunani sevasanmi, Maftuna seni sevadimi, menga buni ahamiyati yo'q ! Men unga uylanaman, tushundingmi ! Qayoqdagi sevgilaring bilan, jahlimni chiqarma ! Hozir indamayman, lekin Maftuna bilan seni ko'rsam, ayab o'tirmayman ! Uni tinch qo'y ! O'zinga jabr qilma tushunding ?! -Shunaqa de ... Jabr qilma deysanmi ? Kimga jabr qilmay ? O'zimgami yoki Maftunaga ? Yoki bo'lamasam, sengami ? Qo'rqitmoqchi bo'lyapsanmi hali ? Bilib qo'y, men bu hayotda 2 ta narsadan qo'rqaman. Birinchisi: Allohdan, Ikkinchisi: Maftunani yo'qotishdan ... Hayotim mazmuni Maftuna ! Undan hechqachon voz kechmayman ! -O', kulgimni qistatma ! Voz kechasan ! Shunday voz kechasanki hali ... Voz kechmay ham ko'rchi ... ! -Nima qilasan ? O'ldirtirib yuborasanmi ? Qo'lingdan keladigani faqat shumi ? Senda, hech bo'lmaganda Vijdon yoki Alloh degan tushuncha bormi ? O'zimga ham hayronman-da ... Senda vijdon nima qilsin ? O'lim bilan ham, qo'rqitaman deb ovora bo'lma ! Maftuna uchun, o'limga ham roziman. -Kimga aql o'rgatiyapsan ? Shunchalik zo'rmisan ? Bo'pti, ko'ramiz kim-kimni yengarkin. Qarab tur, Maftuna seniki emas, meniki bo'ladi ! Buni shunday qoldirmayman ! Hali meni kimligimni bilmaysan ! Mana endi ko'rasan ! Xayr !!! Shu gapini aytib, u chiqib ketdi. Eh, dunyoda shunaqa ham razil kishilar bor-a ? U ham inson-ku ! Nega tushunmaydi ? Sevgi nimaligini bilmay turib, uyalmay "Sevaman" deydiya. Ahvol yanada jiddiy tus oladigan ko'rinadi. Ammo, ortga chekinish yo'q ! Beg'uborim uchun, hamma narsaga tayyorman ! Allohim, o'zing madad ber menga ! Inshaalloh, oxiri baxayr bo'lsin ! ... (Davomi bor) 5-QISM Bu yerlardan qochib ketamiz Albatta Ketamiz (5-QISM) Hayotim mazmuni Maftuna ! Undan hechqachon voz kechmayman ! -O', kulgimni qistatma ! Voz kechasan ! Shunday voz kechasanki hali ... Voz kechmay ham ko'rchi ... ! -Nima qilasan ? O'ldirtirib yuborasanmi ? Qo'lingdan keladigani faqat shumi ? Senda, hech bo'lmaganda Vijdon yoki Alloh degan tushuncha bormi ? O'zimga ham hayronman-da ... Senda vijdon nima qilsin ? O'lim bilan ham, qo'rqitaman deb ovora bo'lma ! Maftuna uchun, o'limga ham roziman. -Kimga aql o'rgatiyapsan ? Shunchalik zo'rmisan ? Bo'pti, ko'ramiz kim-kimni yengarkin. Qarab tur, Maftuna seniki emas, meniki bo'ladi ! Buni shunday qoldirmayman ! Hali meni kimligimni bilmaysan ! Mana endi ko'rasan ! Xayr !!! Shu gapini aytib, u chiqib ketdi. Eh, dunyoda shunaqa ham razil kishilar bor-a ? U ham inson-ku ! Nega tushunmaydi ? Sevgi nimaligini bilmay turib, uyalmay "Sevaman" deydiya. Ahvol yanada jiddiy tus oladigan ko'rinadi. Ammo, ortga chekinish yo'q ! Beg'uborim uchun, hamma narsaga tayyorman ! Allohim, o'zing madad ber menga ! Inshoolloh, oxiri baxayr bo'lsin ! ... Uyga qaytim. Bu urunishim ham, afsuski zoyi ketdi. Qanaqa bola bu o'zi ? O'ziday, ismi ham sovuq, "Jafar" ! ... Astag'firulloh ! Oradan 2 kun o'tdi ... Shu ikki kun ichida Maftuna bilan ham gaplasholmadim. Gaplashishga yuragim bo'lmadi. 2 kun telefonimni o'chirib qo'ydim. Telefonimni yoqsam, Maftuna 100 ga yaqin qo'ng'iroq qilgani haqida xabar keldi. 50 ga yaqin sms. Mendan qattiq xavotir olangani bilinib turar edi. Eh Maftunim. Nima qilsam ekan ... -Akajon, halal bermadimmi ? -Kel, kiraqo singlim. Bemalol. -Rahmat akajon. Zerikmadizmi xonangizga o'tiraverib ? -Hmm ... Unchalik ham emas. Nima gap singlim ? -Hechgap yo'q. Sizda nima gaplar ? Haligi, anavi yigit bilan uchrashdingizmi ? -Qo'y, shu haqda gaplashmaylik. Bugun qanaqa ovqat pishirdiz singiljon ? Ovqatni suzmaysizmi ? -Siz yoqtirgan taomni pishirdim akajon. Kayfiyatiz yo'qligini hisobga olib, biroz bo'lsada kayfiyatingiz ko'tarilishi uchun, atayin tayorladim. -Ooo-o zo'rku, ajoyibsanda singiljon. -Rahmat. Lekin hali biroz vaqti bor. Tayyor bo'lgunicha gaplashib olamiz. Akajon iltimos, menga ham ayting. Siz akamsiz, Maftuna esa meni dugonam. Bu men uchun ham ahamiyatli. Men ham bilishni istayman. -Hech-shu qaysar odatingni tashlamading-da singlim. -Chunki sizni singlizdaman ! -Xoo-o, kesatishini qarang buni ... -Akajon, ayting nima bo'ldi ? U yigit rozi bo'ldimi ? -Qayoqda ... Afsuski, dugonangni menga berib qo'ygisi yo'q ... -Rostdanmi ? -Boshim qotdi singlim ... -Voo-oy ... Akajon, endi nima bo'ladi ? -Bilmadim singlim, bilmadim. -Akajon, tezroq endi bir qarorga kelishiz kerak. Agar tez chora ko'rmasangiz, anavi yigit, Maftunani sizdan tortib olishi tayin. -To'g'ri aytasan singiljon. Bu haqda ko'p o'yladim. Ammo, hechqanday chora topolmayapman. Maftunani olib, buyerlardan qochib ketsammikan ... -Nima ? -Hmm ... -Buyerlardan qochib ketsam ekan deysizmi ? -Menimcha, boshqa chorasi yo'q singlim ... -Qayerga ketasiz ? Bu bilan nimaga erishmoqchisiz ? -Maftunani u sovuqqonni qo'liga tutqazmoqchi emasman. O'ylab ko'rgin, ikki tomon Quda bo'lishga vadalashishgan. Men bunday vaziyatda, ulardan Maftunani roziligini qanday olishim mumkin ? Otasi umuman rozi bo'lmaydi qizini menga berishga. Shunday ekan deb,Maftunadan voz kechaymi ? Singlim, ayt ?! Boshqa biron-bir yo'li bormi axir ? -Xo'p, Maftunani olib, buyerlardan ketdingiz ham deylik, keyinchi ? Keyin nima bo'ladi ? Otasi bunga indamay qarab turadi deb o'ylaysizmi ? -Endi menga farqi yo'q ! Muhabbatim uchun, oxirigacha kurashaman ! Maftunani o'sha g'alamizga berib qo'ymayman ! Hechqachon ! Hechqachon ! Singlim, bu yo'lda menga yordam bera olasanmi ? -Albatta akajon ! Mendan qanday yordam kerak ? -Men Maftunani olib, buyerdan ketaman. Men ketgandan so'ng, bor gaplarni oyim va dadamlaga aytasan. Meni tez orada qaytishimni, ortiqcha vahima ko'tarilmasligini ta'minlaysan. Senga har vaqt oralig'ida qo'ng'iroq qilib turaman. -Xo'p, lekin ... -Nima lekin ? -Akajon, yana bir-bor o'ylab ko'rganizda yaxshi bo'lardi. Ishonchingiz komilmi ? -Nimasini o'ylayman endi singlim ? Boshqa choram yo'q. Maftunani otasi, sevgimizga rozi bo'lmasa, qaytmayman ! -Sizningcha bu ishizdan so'ng rozi bo'ladimi ? -Singlim, rozi bo'lish bo'lmasligi uni ishi ! Rozi bo'lmasa, Maftunani berib qo'ymayman ! Qani ko'ramiz, unga qizini baxti muhimmi yoki anavi oshnasiga bergan va'dasi ... -Tushunarli akajon. Maftunaga nima deysiz ? -Unga bo'lgan voqealarni, buyerdan ketganimizdan so'ng, yotig'i bilan tushuntiraman. U meni albatta tushunadi ! -Kelishdik akajon. Qachon ketmoqchisiz ? -Hali aniq bilmayman. Avval Maftuna bilan gaplashib ko'ray. -Akajon, juda ham ehtiyot bo'ling ! Bu, juda ham xavfli ish ... -Xavotir olma singlim. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Meni duo qilsang bo'ldi. Buyog'ini menga qo'yib ber ... -Allohim madad bersin sizga akajon ! Inshoolloh oxiri baxayr bo'lsin ! Allohga topshirdim sizlarni ! -Inshoolloh aytganing kelsin singlim, inshoolloh ! Minnatdorman sendan. Ha aytgancha, ovqating nima bo'ldi ? -Voooo-oy, esim qursin ! Gapga ovora bo'lib, esimdan chiqib ketibdi-ku ! Voy ketdim-ketdim ... Ovqatga chiqing keyin akajon ! -Xo'p-Xo'p, boraqo. Endi kuygan ovqat yerkanmizda. Kech tushdi ... Kuz faslining, salqin kunlari. Kechqurun mayin shamolda, barglarning shitir-shitiri quloqga chalinib, go'yo Kuz fasli, qo'shiq kuylayotgandek tuyuladi ... Derazadan, ko'chaga qaragancha hayollar surib, uxlab qoldim. Ertasi kuni ertalab, yo'lga chiqdim, Maftunani o'qish joyiga yetib keldim va kutib turdim. Oradan biron daqiqa o'tib, qo'lida 3-4 ta kitob bilan, Maftuna keldi. -Assalom, Otabek aka ... (Biroz xafa holda) -Salom beg'uborim ! Ahvollaring yaxshimi ? Maftun, xafa ko'rinasan ? Kim xafa qildi seni ? -Sizdan xafaman ! Nega 2 kun telefoniz o'chirilgan edi ? Xavotir oladi deb ham o'ylamadizmi ? -Ha-ya ... Meni kechir Maftun. Biroz mazam bo'lmadi. -Voy, nima bo'ldi sizga ? Shamollab qoldizmi ? -Hammasi joyida Maftun. Tuppa- tuzukman. Biroz boshim og'rigandi xolos. -Axir sizga aytardim-ku, qalinroq kiyining deb. Endi kunlar asta- sekinlik bilan soviy boshlayapti ... Otabek aka, negadir sizni ham kayfiyatiz yo'q ? Haliyam boshiz og'riyaptimi ? -Yo'q, men yaxshiman. Mendan xavotir olma. -Otabek aka, biron gap bo'ldimi ? Ertalab seni ko'rishim kerak dediz. Tinchlikmi ? -Maftun ? ... -Labbay ? -Haligi ... .. -Bemalol aytavering. Nimadir demoqchimisiz ? -Maftun, agar buyerlardan ketaylik desam, men bilan ketarmiding ? -Iye, bu nima deganiz ? -Agar men, buyerlardan qochib ketaylik desam, hamma narsani tashlab, men bilan ketarmiding ? -Otabek aka, nima bo'ldi ? Yana meni qo'rqityapsizmi ? Ko'zingizda yoshmi ? -Maftun, buyerlardan ketaylik desam, men bilan ketarmiding ? -Siz yur deysiz-u, men yo'q deymanmi ? Sizga nima qildi ? Otabek aka, meni qo'rqitmang. Tinchlikmi ? Maftunaga bo'lgan voqealarni birma-bir gapirib berdim. Otasini gaplari, anavi sovuq Jafar haqida ham aytib berdim. Buni eshitgach, Maftunani ko'zlari, yoshga to'ldi. Unga dalda bo'lib, ovuta boshladim. -Maftun yig'lama, mana birgamiz. Seni mendan hechkim tortib ololmaydi. -Ammo Otabek aka, dadamni siz bilmaysiz. Ukishi bir so'zli insonla. Gaplaridan qaytmaydila. -Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi. Qo'ygin bekorga yuragingni qiynamagin. Yaxshi niyat qilaylik. -Xo'p ... Buni-ku mayli yaxshi niyat qilaylik desak, lekin anavi Jafar uchrashuvimizni ko'rsa, ikkimizni ham o'ldiradi. -Mayli, qo'lidan kelganini qilsin ! Qo'rqadigan joyim yo'q ! Qilmishiga yarasha, javob oladi ! Hech bir amal, javobsiz qolmaydi ! Seni hechkimga xafa qildirib qo'ymayman. Maftunim, hozircha boshqa choramiz yo'q. Buyerlardan biron muddatga ketishimiz kerak. -Lekin ketsak, dadam sizni militsiyaga bersalachi ? -Buyog'ini menga qo'yib ber. Maftunim, qo'rqganga qo'sh ko'rinadi deydilar. Biron ishni boshlashdan avval, kishida qo'rquv emas, ishonch bo'lishi kerak ! Sen qo'rqma Maftunim, Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Eng muhimi qalbingda qo'rquv emas, ishonchni kuchli seza bil, xo'p ?! -Xo'p, qayerga ketamiz ? -Buyog'idan xavotir olma. Sen ketsang bo'lgani. -Xo'p ... -Demak, ertaga ertalab, men seni shuyerda kutaman. O'qishga kirmaysanda, men bilan ketasan xo'p-mi ? ... -Xo'p ... -Bo'ldi endi, yig'lama. Xudo xohlasa hammasi joyida bo'ladi. -Aytganiz kelsin ... -Sevgimiz uchun oxirigacha kurashamiz ! Xo'p, men unda ketdim. Kechqurun vaqt topib, qo'ng'iroq qil. Mayli beg'uborim, o'qishdan kech qolma. Kechqurun gaplashamiz xo'p ?! -Xo'p. Omad tilayman. Yo'lda ehtiyot bo'lib keting. Oq yo'l ! O'zizni asrang ... -Inshoolloh beg'uborim, inshoolloh ! Sen ham o'zingni ehtiyot qil ! Ko'rishguncha ... Maftuna bilan xayrlashib, ishga qaytdim. Ishxonaga kelgach, ertangi kunga tayorgarlik ko'ra boshladim. Ertangi hayollar bilan, kayfiyatim yaxshi edi. Lekin .................. Bir payt telefonim jiringlay boshladi. -Alo, eshitaman ? -O', men senga nima degandim ? Yaxshi gapga tushunmas ekaningda ! -Tushunmadim ? Kim-bu ? -Man Jafarman ! -Jafar ? -Sen iflosga men nima degandim ? Maftunadan uzoq yur demaganmidim ? -Og'zinga qarab gapir ! Kimni iflos deyapsan ? -Senga oldin ham aytganman, qanday xohlasam, shunday gaplashaman ! Seni ogohlantirgandim ! Endi o'zingdan ko'r ! -Meni ham gapim yodingdadir ? Qanday muomila qilsang, shunday javob qaytaraman ! Baqirmasdan, odamga o'hshab gapir ! -Sen iflosni Maftuna bilan ko'rsam, ayab o'tirmayman degandim. Nega bugun yana borib uchrashding ? -E-haa-a ... Gap buyoqda-de ? Itga o'hshab, birovlani kuzatib yuribsanmi hali ? -Kimni it deyapsan iflos ? Mana endi o'lguningcha do'pposlamasam, yurgan ekanman ! Qayerdasan ? Uchrashamiz ! -O'lguningcha do'pposlamasam deysanmi ? Yo'g'ey ? Qayerda xohlasang, o'sha yerda ko'rishamiz ! -Unda bir soatdan keyin, "internet- club" yonida uchrashamiz ! -Qaysi "Internet-club" yonidagi ? -Istirohat bog'ini darvozasi oldidagi. -Tushunarli. -Ha aytgancha, men bir o'zimman. Tag'in, qo'rqganingdan 20 ta sheriklaringni ham olib kelma ?! Vuhahahaha ... -Bir soatdan so'ng, o'sha yerda bo'laman ! Men, senga o'xshagan, pastkash emasman ! Men ham bir o'zim boraman ! Ablax ... Ishxonadagi ishlarni tugatib, uyga qaytdim. Kiyimlarimni almashtirib, to'g'ri aytgan manzili tomon bordim. Internet-club oldida, bir qora lesetti, chirog'ini o'chirib- yoqib, ishora qildi ... (Davomi bor)